Предыдущая публикация
Mening otam oqterak, Mening onam majnuntol. Osmonda oy yolg'izdir, Yolg'izman men ham axir. Mening opam yalpizdir, Singlim lola qon bag'ir. To'shagim shu sho'r tuproq, Ko'rpam ko'kda bulutdir. Mening akam ulug' tog', Mening ukam burgutdir. Tabassumim chaqmoqlar, Yomg'irlar - ko'z yoshimdir. Arslon meni ardoqlar... Qoplon qarindoshimdir... Yov hisobin qilmayman, Mard bo'lsa jon fidodir. Do'stlarim kim bilmayman, Mening yorim - Xudodir!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев