OSMONNING OXIRI Osmonning oxiri qayerda, dedim bir donishga. U miq etmadi. Menga juda yoqdi bu javob. Osmonning oxiri yo`q, axir! Irmoqning oxiri daryo. Daryoning oxiri dengiz. Osmonning esa oxiri yo`q. Yo`l chetida yumalab yotgan toshni tepdim. Toshdan sado chiqmadi. Xudoga soldim, degani bu. Olma shohiga osilib devorga chiqdim. To`kilgan meva qumursqalarga ermak bo`ldi. To`kilgan devor tuprog`i esa gunohimga gunoh bo`lib qo`shildi. Tunda paxsakash chol tushimga kirdi. Mening shirin uyqum buzildi. Xuddi eski devor buzilganiday… Uyquning oxiri – o`lim. O`limning oxiri esa yo`q. Bo`lsa ham hech kim unga yetgan emas. Axir o`lim bu hamma narsaning oxiri-da. Odamning umri
ТЎЙЁНА Тўйкўчада тонг отгунча гулхан ёнди, Борай десам тополмадим кўйлагимни. Гулхан ичра гулхан бўлиб бир жон ёнди, Куя-куя кулга кўмдим тилагимни. Чимилдиқда ёлғон йиғлар ёлғончи қиз, Кулиб кимни эрмак қилар ўланчи қиз? Бағрим ёнар, онажоним сиз билмайсиз, Ҳижрон отли ханжар тилар юрагимни! Йигит бўлиб не кўрибман мен дунёда, Ёрим яшнаб турар тилло тақинчоқда. Қўллариммас, энди ўша шода-шода Марваридлар бўйнин силар малагимнинг. Бу ҳовлига энди мен бир бўйламасман, Кетаверсин кетса, уни ўйламасман, Ёлғончининг ёнига ҳам йўламасман, Йўлатмам ҳам яқинига йўлагимнинг... Тўйкўчада туни билан гулхан ёнди, Борай десам тополмадим кўйлагимни. Гулхан ичра
DO’PPI Do’ppi kiymay qo’ydi odamlar, Bir shoir, bir nosirdan boshqa. Sochlar silliq, Silliq qadamlar, U og'irlik qilyapti boshga... Rost do’ppilar, Yolg'on do’ppilar, Kinolarda qolg'on do’ppilar. Chust do’ppilar, Anjon do’ppilar, Munchoqdek Marg'ilon do’ppilar... Do’ppi kiymay qo’ydi odamlar, Bir shoir, bir nosirdan o’zga, Men ham sizga berdim savollar, Shlyapamni bostirib ko’zga. Do’ppi kiymay qo’ydi odamlar, Ko’ngil esa ko’rmoq tusaydi. Madaniyat gullagan damlar, Kallaga e'tibor susaydi. Do’ppi kiymay qo’ydi odamlar, Na uyda va na ko’chada. Mirtemirlar, G'afur G'ulomlar Yechgan do’ppi qoldi tokchada... Bu qandayin ko’rgulik savdo, Do’ppi kiymay qo’yd
Показать ещё