" Atlantika okeanida 300 ga yaqin
marjon orollari mavjud. Shimoliy
Amerikadan 900 km. sharqda
joylashgan bu orollar Buyuk
Britaniya nazorati ostida bo‘lib,
ularning ko‘pchiligi marjon qoyalardan iborat. Faqat 20 ta
orolda aholi yashaydi, qolganlari
kimsasiz tabiat manzaralaridir.
Bermud oroli ham ana shulardan
biri hisoblanadi. Bu orolni 1522
yilda ispan dengizchisi Xuan Bermudes kashf etgan. Orol
nomiga shu tariqa
kashfiyotchining ismi berilgan.
Mana shu orol yaqinida Bermud
uchburchagi joylashgan.
«Bermud uchburchagi» yoki ayrimlar ta’biri bilan aytganda,
«Iblis uchburchagi» o‘zida
sayyoramizning eng sirli
jumboqlaridan birini yashirib
kelmoqda. «Bermud uchburchagi»
jumlasi ko‘pchilik uchun bolaligidan tanish bo‘lsa-da, har
kim ham uni xaritadan aniq
ko‘rsatib berolmaydi. Bu
geografiyani yaxshi bilmaslikdan
emas, balki bu uchburchakning
aslida faraziy ekanligidandir.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 9
mutaxassislar tomonidan tan
olingan burchaklari Bermud,
Mayyami (Florida shtati, AQSh) va
San-Xuan (Puerto-Riko)
orollariga to‘g‘ri keladi. Bu hudud Atlantika okeanida bo‘lib,
AQShning sharqiy qirg‘oq¬laridan
uncha uzoq bo‘lmagan bir million
kvadrat mil (1 mil 2 km.ga teng)
maydonni o‘z ichiga oladi. Bu
hududda ko‘plab dengiz kemalari va samolyotlarning sirli yo‘qolishi
bilan mazkur uchburchak
o‘zining mash’um shuhratiga
ega.
Okeanning bu hududi
to‘g‘risidagi dastlabki mash’um xabarlarni — «olov sharlar»ni
shaxsan o‘zi ko‘rgan Kolumb
esdaliklaridan topish mumkin.
Keyinchalik, dengiz
qaroqchilarining xaritalarida bu
hudud «Iblis orollari» nomi bilan yuritilgan. «Bermud uchburchagi»
atamasi esa bizning davrimizda,
1964 yilda «Argosy» jurnalida,
bu hududda ko‘plab sirli
voqealar sodir bo‘layotganiga
birinchilardan bo‘lib e’tibor bergan Finsent Gaddis maqolasida
tilga olinadi.
Orol bilan bog‘liq sirli
voqealardan birini esga olaylik.
1872 yi...ЕщёUchburchakning ko‘p
mutaxassislar tomonidan tan
olingan burchaklari Bermud,
Mayyami (Florida shtati, AQSh) va
San-Xuan (Puerto-Riko)
orollariga to‘g‘ri keladi. Bu hudud Atlantika okeanida bo‘lib,
AQShning sharqiy qirg‘oq¬laridan
uncha uzoq bo‘lmagan bir million
kvadrat mil (1 mil 2 km.ga teng)
maydonni o‘z ichiga oladi. Bu
hududda ko‘plab dengiz kemalari va samolyotlarning sirli yo‘qolishi
bilan mazkur uchburchak
o‘zining mash’um shuhratiga
ega.
Okeanning bu hududi
to‘g‘risidagi dastlabki mash’um xabarlarni — «olov sharlar»ni
shaxsan o‘zi ko‘rgan Kolumb
esdaliklaridan topish mumkin.
Keyinchalik, dengiz
qaroqchilarining xaritalarida bu
hudud «Iblis orollari» nomi bilan yuritilgan. «Bermud uchburchagi»
atamasi esa bizning davrimizda,
1964 yilda «Argosy» jurnalida,
bu hududda ko‘plab sirli
voqealar sodir bo‘layotganiga
birinchilardan bo‘lib e’tibor bergan Finsent Gaddis maqolasida
tilga olinadi.
Orol bilan bog‘liq sirli
voqealardan birini esga olaylik.
1872 yilda «Bermud
uchburchagi»dan «Mary Celeste» kemasi ekipajsiz
topilgan. Barcha izlar ekipaj
kemani zudlik bilan tark etganini
va so‘ngra nom-nishonsiz
yo‘qolganini ko‘rsatgan.
kemani tark etishlari hanuzgacha
jumboq bo‘lib keladi. Agar bu
voqeadan 20 yil o‘tib, 1892 yil 5
noyabrda xuddi shunga
o‘xshash yana bir hodisa takrorlanmaganida, bu
jumboqning sirliligi uncha ham
mashhur bo‘lmasdi, ehtimol. Bu
yangi voqeada ham «Bermud
uchburchagi»da odamlar bus-
butun kemani tark etishgan edi. Dengizchilar va kema kapitanining
buyumlari, hatto qimmatbaho
yuklar ham olib ketilmagan. Bu
kemaning nomi ham «Mary
Celeste» bo‘lgan. Antiqa tasodif,
shunday emasmi? «Bermud uchburchagi» haqidagi
haqiqiy shov-shuv 1945 yil 5
dekabrda AQSh harbiy havo
kuchlarining beshta samolyoti va
ularni izlab chiqqan yana bir
qutqaruv samolyoti yo‘qolganidan keyin boshlandi.
Oltita samolyot va ulardagi 27
epipaj a’zosi nom-nishonsiz
yo‘q bo‘lib ketdi.
hujjatli va badiiy filmlar ham
ishlangan. 1963 yilda «Marine Sulphur
Qeen» tankerining yo‘qolishi
ham tarixda «Bermud
uchburchagi»ning sirlaridan biri
bo‘lib qoldi. Bortida 34 ekipaj
a’zosi bo‘lgan kemaning oxirgi marta aloqaga chiqqan joyidan
faqat bittagina qutqaruv
nimchasi topilgan, xolos!
«Bermud uchburchagi» haqida
ko‘plab maqolalar, kitoblar
yozilgan, filmlar ishlangan. Odamlar va texnika vositalarining
yo‘qolish sabablari to‘g‘risida
ko‘plab nazariya va farazlar
mavjud bo‘lsa-da, ularning hech
biri to‘g‘ri nazariya sifatida
qabul qilinmagan. Mashhur bir fikrga ko‘ra, jismlarning
yo‘qolishiga o‘sha hudud suvi
ostida katta miqdorda gaz chiqib
turishi sabab bo‘ladi.
yo‘nalishini o‘zgartirib, jismlarning suv ostiga g‘arq
bo‘lishiga olib kelishi taxmin
qilinadi.
Sayyoramizda yana bir shunday
hudud borligi ma’lum. Bu joy
Yaponiya sharqida bo‘lib, yapon va Filippin dengizchilari tomonidan
«Iblis dengizi» deb nomlanadi. Bu
hudud ham kemalarning sirli
yo‘qolishi bilan mashhur.