Do’stimiz dilidegi dardlar…!!! Azizlarim mana bugun Otam o’lganiga xam 1 yil bo’libdi.Padarim qabrini ziyorat qilar ekanman laxatda yotkan mayidninig o’gliman deyiwka afsuski xaqqim yo’q.Sababi…!!! Oilada 2 qizdan so’ng orziqib kutilgan o’g’il bo’ldim. Umidlari ijobati sabab ismimni Umidjon deb qo’yiwdi. Yeru ko’kka iwonmay ulg’aytiriwdi.Kimsalardan kamim bo’lmadi.Erka xamda wo’x bola edim yowligimda. Biroq erkaliklarim Ota Onamga malol kelmasdi zinxor.Onam wo’rlik o’lganimda tobutimni ko’taradiganim deya pewonamdan o’pib,jismu jonimni avaylab voyaga yetqizdilar. Oradan yillar o’tib bilagimga kuch to’lib navqiron yigitga aylandim.Kollejni a’lo baxolarga tamomlab instituga xujjatlarimni topwirdim. Orzularim ro’yobi o’laroq talabalik baxtiga muyassar bo’ldim.O’wanda Ota Onamning quvonchlari cheksiz edi.Ikknchi bosqichga o’tganimda esa grant yutib o’qiwimni chet elda davom ettiriw imkoniyatiga ega bo’ldim. Bu esa kelajagimga mustaxkam poydevor bo’lib xizmat qiliwini bilardim.Otamning duoalarini olib o’qiwga jo’nab ketdim. U yerda bir muddat yolg’izlik xamda oilamga bo’lgan sog’inch xislarini tuyib yawadim.Biroq vaqt o’tgan sari ko’nikib xatto o’wa yerlik bir qiz bilan do’stlawib qoldim.U juda xam samimiy, go’zal xamda xuwmomila qiz edi.Do’stligimiz muxabbatga aylandi.Uni kelin qilib yurtimga olib ketiw istagi uyg’ongandi.Biroq qizning Ota onasi bunga qarwi chiqiwdi.Sababi yolg’izgina qizlarini o’zlaridan uzoqda yawawiga ko’nika oliwmasdi. Natijada sevgan qizimning oilasidegilar qiziq bir taklif beriwdi.Ya’ni mani Ota Onam Ona yurtlarini tawlab bu yerlarga ko’chib keliwlarini so’rawdi.Man nodon sevgim uchun Otamga uwbu taklifni aytiwga majbur bo’ldim.O’wanda o’ylamabmanki bu taklif ularning wa’niga isnot bo’lib,gu’rurlariga tegiwini. Otam esa ,,Yo’q…!!!’’deya taklifimni inkor qildilar.Boisi Ona yurtni tawlab o’zga yurtlarda musofir bo’lib yawawni g’animat jonlariga ep ko’rmadilar. Wunday bo’lsa xamki oradan kunlar o’tib begona yurtlarda o’wa qizga uylandim. To’yimda esa Ota Onam yo’q. Agar nonko’r bo’lmaganimda Otam roziliklarini olmay to’y qilgan bo’larmidim. Oradan bew yil o’tib farzandlik burchim yodimga tuwib yurtimga qaytib keldim. Yonimda esa wiringina qizalog’im xamda munis rafiqam.Bir ammallab uyimni topib bordim.Xovlimiz xuvullab qolgan go’yo befayz maskandek xech kimsa ko’rinmasdi. To’satdan majrux ovozda ,,Kim u?’’ degan so’z qulog’imga chalindi.Bu ovoz yurak bag’rimni ezib eski xotiralarni yodimga solib yubordi.Umidman Ona man keldim deya Onajonimni qidira bowladim ovoz kelgan tarafga qarab.Oppoq liboslarda xomuw xassani tutgancha volidamning siyrati ko’rina bowladi.Yugurib borib ularni bag’rimga bosdim. Onajonim ,,Bolam’’ deya zor zor yig’lardilar o’wanda. Ko’zlari ko’rmay qolgan,madorlari xam yo’q. Muwtiparginamning ajin boskan yuzlariga termulganimda kamolim ko’rmoqlik uchun tortilgan zaxmataru azoblarga ko’zim tuwardi.Ojiz ko’zlaridan esa umidsizlik xamda sog’inch iztiroblari ko’rinib turardi.,,ONA’’ deya xokisorginamni bag’rimga bosgancha o’zimni yig’lawdan to’xtatolmadim.Kechirimlar so’radim nonko’rligim uchun. Otam qani deya savol berganimda esa,,Otang endi yo’q…!!! Jonim bolam OQPADAR’’ bo’lib qoldinku deya zorlanib ko'z yow to’kiwda davom etdilar.Keyin bilsam Padarim o’limlari oldidan mandek farzanddan voz kechgan ekanlar.Bunga xaqli edilar.Sababi farzand bo’lib Ota Onam uchun nima qildim…? Ko’rsatgan karomatim chet elda o’qiganligimmi…? Yoki o’z yurtimni sotib o’zga yurtda uylanganligimmi…? Azizlarim mani mudxiw taqdirimdan o’zingizga xulosani chiqarib oling. Ze’ro man kabi yuzsiz bo’lib qoliwingizdan qo’rqaman. Axvolimga qarang Otajonimning sur’atlarini quchgancha o’zimdan nafratlanib yawayabman. Man xam otaman chunki qizalog’im bor. Biroq farzandlikda ibrat ko’rsatolmadim.Endi el yurt ichra bowim egik,warmandalikka maxkumman. Sababi Padar oldidagi farzini bajarolmagan,Otasining tobutiga qo’li tegmagan,odamlar orasida la’natga uchragan nonko’r OQPADAR OTAMAN…!!!
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев