"Tegma singan
yigitga"
Nasihatni qo'y oshnam,
Ehtiyoj yo'q o'gitga.
Har narsaga tegsang ham,
Tegma singan yigitga!
Ko'pni ko'rgan shu qadar,
Umri to'la havf hatar,
Aytma hatto hush habar,
Tegma singan yigitga.
Tog'dan emas qirdan qo'rq,
U saqlagan sirdan qo'rq,
Yaralangan sherdan qo'rq,
Tegma singan yigitga.
Boy bersaham borini,
Asrab qoldi orini,
Hudo bilar zorini,
Tegma singan yigitga!
Lochinda ham qo'nish bor,
Harkimda bir sinish bor,
Hali o'sib, unish bor,
Tegma singan yigitga.
Egilmadi qomati,
Yana qaytdi omadi,
Ne bo'lsa ham holati,
Tegma singan yigitga!
Nasib qilsin rohati,
Tegma singan yigitga...
(yaratgan hammamizga
sinovlarida sabr bersin. qo'shq
she'rining mualifi kimligini
yozvoringlar agar bilsangiz,
iltimos)


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев