"Qaldirg'och".
Darding mening dardimdur,
Ayvonimda yashaysan.
Qarab tursam sen ham bir,
Dardli qushga o'hshaysan.
Ko'nglingda ne savoling,
Nega aytmay yig'laysan?
So'ra..so'ra qaldirg'och,
Ko'zi qora qaldirg'och!
So'zla qushim nolangni,
Uyingda don-dun yo'qmi?
Uying to'la bolangni,
Rizqin terib tin yo'qmi?
Yo senda ham til yo'qmi,
Yo senga ham kun yo'qmi?
So'ra, so'ra qaldirg'och,
Ko'zi qora qaldirg'och!
Bu dunyoda bir odam,
Tushunmasmi dil ohing?
Mo'minliging sening ham,
Bo'ldimi yo gunohing?
Ojiz qushim sening ham,
Ochilsin bir dudog'ing.
So'ra, so'ra qaldirg'och,
Ko'zi qora qaldirg'och...
(qo'shiq she'rini kim yozgan?kim
biladi? yozvoringlar iltimos. Juda
go'zal she'r)


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2