Предыдущая публикация
shahar,
Yelkalar yalang'och, yalang,
ochko'zlar.
Olislarda esa suvlar sepishar,
Ko'ylaklari bilan cho'milgan
qizlar.
Shahar qizg'onmaydi
xiyobonlarin,
Sun'iy ko'lini-yu qayiqlarini.
Ammo dil qo'msaydi sokin
bog'larning,
Olmalar oqizgan ariqlarini.
Shahar ko'p narsani menga
o'rgatdi,
Hammasini sanab, aytib
bo'lmaydi.
Shu yerda suyagim va
diydam qotdi,
Endi qishloqqa ham qaytib
bo'lmaydi.
Tongda derazamdan siniq nur
tushar,
Ne tongkim, bugun ham
namlidir ko'zlar.
Axir, tushimda ham suvlar
sepishar,
Ko'ylaklari bilan cho'milgan
qizlar...


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 16