tasavvur qilasiz?! Baxt!.. Bu
so‘z
juda tansiq, ayni paytda ko‘p
ishlatiladi. Huda- behuda bu
so‘zni tilga olaveramiz. Arzimas
narsadan sevinib, "Men
hammadan baxtiyorman!”
deguvchilarning son-sanog‘i
yo‘q.
"Baxtlimisiz?” degan savolni duch
kelgan odamga beraveramiz.
Ammo tayinli javob olish o‘ta
mushkul. Negaki, har kim
baxtni
o‘zicha tasavvur qiladi. Kimdir ko‘ngil xotirjamligini baxt deb
bilsa, kimdir— molu davlatni.
Yana kimdir murod-
maqsadiga
yetsa, "Shu emasmi baxt?”
deydi. Biroq... "Baxtga yetishish
yo‘llarini
izlash ham baxt”—degan ekan
bir donishmand. O‘ylab
ko‘ring,
siz uchun baxt nima?! Qanday voqea ro‘y bersa, o‘zingizni
baxtli
sanaysiz? Universitetga
kirsangiz,
armoningiz qolmaydimi?
Sevganingiz bilan turmush qursangiz, murod-
maqsadingizga yetasizmi?
To‘la-
to‘kis hayot kechirsangiz,
tashvishingiz
bo‘lmaydimi?.Yaxshilab o‘ylang,
qachon topasiz baxtingizni?
Tasavvur qiling: Siz boy-
badavlat,
jamiyatda yuksak obro‘-
e’tiborga ega odamsiz. Qo‘lingizni
qayoqqa
uzatsangiz, yetadi. Sizni
boshiga
ko‘taradigan, bor mehrini
bag‘ishlaydigan yaqinlaringiz, yoru do‘stlaringiz atrofingizda
parvona. Hech nimadan
kamchiligingiz yo‘q. Xullas,
aytganingiz aytgan,
deganingiz
degan. Shumi siz uchun baxt?! Bir
kunmas, bir kun bunday hayot
joningizga tegib ketadi-ku!
Hayot
tashvishlarini qo‘msab qolasiz.
Nimaningdir orzusida kuyib- yonishni istaysiz. O‘sha
ko‘zingizga "baxt” bo‘lib
ko‘ringan narsa aslida sarob
ekanligi ma’lum bo‘ladi. Ana
shunaqa, baxt to‘kin- sochin,
betashvish hayot kechirish emas.
Bu so‘zning ma’nosi juda keng.
Ba’zan shu oddiy so‘zni
anglash
uchun bir insonning umri
kerak bo‘ladi. Siz o‘zingiz sevgan
sohada qizg‘in faoliyat
yurityapsiz. Bu —baxt!
Kimnidir
devonalarcha sevib qoldingiz.
Qalbingizda ezgu tuyg‘ular uyg‘ondi. Bu—baxt! Siz
shayton
vasvasalariga uchmaysiz,
doimo
vijdon amriga qarab ish
tutasiz. Bu ham baxt! Kimgadir
yaxshilik
qildingiz. U endi sizni umr
bo‘yi
duo qiladi. Bu —baxt! Ayrim
odamlar kabi o‘z manfaatingizni
o‘ylab emas, elu yurt, xalq
uchun
yashayapsiz. Bu ham baxt!
Do‘stingizni og‘ir, daldaga
muhtoj paytda suyab qo‘ydingiz,
tirgak
bo‘ldingiz. U sizga ishonish
mumkinligini his qildi. Bu ham
baxt emasmi?! Bunday
vaziyatlarning yana bir talayini misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Har
birimizning hayotimizda
ko‘nglimizga taskin beradigan,
yo‘limizni yoritadigan nurli
nuqtalar bor. Shunday ekan, nega
tushkunlikka tushasiz? Nega
o‘zingizni baxtsiz sanaysiz?
Hozirgacha inson qachon va
qanday holatda o‘zini baxtiyor
his qilishini aniq aytib bera
oladigan
donishmand topilmagan.
Shunday bo‘lsa-da, hayoti
davomida ma’lum tajribaga
ega bo‘lib, baxt haqidagi o‘z
tasavvurlarini bayon etishgan.
Ehtimol, inson o‘zini baxtli
sezishi
uchun ko‘p narsalarni
o‘rganishi, tushunishi, o‘zgalarning
dardini
his qila olishi, kuyinishi,
dardiga
darmon bo‘la olishi kerakdir.
Balki, shundagina inson baxt nimaligini anglab yetar.
Ehtimol,
siz uchun qo‘l yetmas olisda
ko‘ringan baxtingiz
yonginangizdadir.
Atrofingizdagilarga, qolaversa, qalbingizga bir nazar tashlab
ko‘ring-a! Ajabmas, dunyodagi
eng baxtiyor inson siz
bo‘lsangiz!.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев