Tug'ushganda men shórlikni bag'rim qon,
Bir jismimda talashadi ikki jon.
Jon talashsam, tepamda charx urgan ul,
Kapalaklar odamlardan mehribon...
Oqqushlarim, oq yómg'irda ucharlar,
Saharlarda shudring - sharob icharlar.
Tanlamayin qabrlarni qucharlar,
Kapalaklar odamlardan mehribon...
Gulga qónsa, qanotlari botmaydi,
Ojizlarim birovga tosh otmaydi.
Bir kun yashar, bir - birini sotmaydi,
Kapalaklar odamlardan mehribon...
Bir qarasang, na kulbasi, uyi yóq,
Na tovushi, na qóshig'i, kuyi yóq.
Kapalakning kambag'ali, boyi yóq,
Kapalaklar odamlardan mehribon...
Kapalakning Ka'basidir hur dala,
Dalasida mehr tóla, nur tóla.
Baxtsiz bólsa, bari baxtsiz bir yóla,
Kapalaklar odamlardan mehribon...
Oydin oqshom yodga tushding, o malak,
Seni óylab bóldi yana qon yurak.
Sevaman deb aldamaydi kapalak!..
Kapalaklar odamlardan mehribon!..
Muhammadga ishongan ey, móminlar,
Ólsam sózim eslab, óyga chóminglar:
Kapalakning qanotiga kóminglar,
KAPALAKLAR ODAMLARDAN MEHRIBON. <<MUHAMMAD YUSUF>>.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 9