Gulim, mehr kõzda degani yolg'on,
Mening dilimda hech õchmas yolqinsiz.
Qancha kõrishmasak, shuncha qadrdon,
Qancha olis bõlsak, shuncha yaqinsiz.
Devona oshiqman, men bir devona,
Ayting, sizdan bõlak kimim bor yana?..
Siz yõq chog'imdagi dunyom begona,
Siz yõq bog'imdagi gullar yoqimsiz.
Siz achchiq qismatim, siz istirobim,
Siz shirin dardimsiz, shirgin azobim.
Siz mening kõklardan topgan oftobim,
Yerlarda yõqotgan kõzmunchog'imsiz.
Yodimda kechagi shõxliklaringiz,
Kõksimni kuydirgan kipriklaringiz.
Siz õsha - orzusi oydan oydin qiz,
Siz õsha - kulgusi qõng'irog'imsiz.
Siz õsha - kõzimning kaftida yurgan,
Siz õsha - kõnglimga kõngli in qurgan,
Tõkilay deb tilim uchida turgan
She'rimsiz, bir umir bitmas ohimsiz...
Muhammad Yusuf !..


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1