Oh mening ortimdan ovvora onam,
Bir parcha yuragi ming pora onam.
Bir bolani kõrib yorug' dunyoda,
Toshkanni kõrmagan bechora onam.
Bolang bõlib bir bora boshlab keldimmi,
Endi men ham senga õg'il bõldimmi.
Garchi bisotingda "bayram" sõzi yõq,
Bilaman, kutasan sandal tõla chõg'.
Menda yurak deganlarin õzi yõq,
Men sovg'a bermagan qizni yõq bu oqshom.
Senga na gul berdim,na shirin kalom,
Endi men ham senga õg'ilmi, onam?..
Deysan: Olislarda omon yursang bas,
Yodingga tushsam goh yõqlab tursang bas.
Bolam senga hamma qiladi havas,
Axir, mening dardim she'r emas faqat.
Men mashhur shoirman - mashhur beshavqat,
Endi men ham senga õg'ilmanmi ayt?..
Shaningga she'r bitdim. U seni topsin,
Poyinga tiz chõkib, qõlingni õpsin.
Undan ham ulug'im borliging kõrsin,
Men uchun ham aziz holingni sõrsin.
Sensiz g'arib kõnglim kõnglimi,onam,
Endi men ham senga õg'ilmi, onam!..


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2
Жойлари жаннат булсин.