Tanimayman deysiz,
Bilmayman deysiz.
Yorijon, nozmi bu
Shõxliklaringiz?..
Meni tanir hatto
Kipriklaringiz,
Siz esa shoirni
Sevmayman deysiz.
Kõrib - kõrmaslikka
Olmoqlar oson.
Siz-ku kõrsangiz ham
Olmaysizu tan,
Meni tanib, hatto
Har kun kõchamdan,
Sochingiz qõl silkib
Õtar, yorijon.
Bilaman, taxminan
Shunday õylaysiz:
Shoirlar - devona,
Tuzalmaydilar.
Shoirning sevgisi
Õtkinchi, deysiz,
Shoirlar odamdek
Sevolmaydilar.
Yona-yona bir kun
Kõyingizda men,
Ado bõladirg'on
Qulga õxshayman.
Eng gõzal she'rimni
Tõyingizda men,
Poyingizga gulxan
Qilib tõshayman.
Qõrqmang. Yangrar qõshiq,
Tugamas õyin.
Kõrganlar sizdan kõz
Uzolmaydilar.
Shoirlar buzolmas
Birovning tõyin,
Birovning uyini
Buzolmaydilar.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 6
K L A S S