Предыдущая публикация
Õksimagin o, yurak,
Bõlma xomush, bõlma lol:
Mening otam oqterak,
Mening onam - majnuntol.
Osmonda oy yolg'izdir,
Yolg'izman men ham,axir.
Mening opam yalpizdir,
Singlim lola - qon bag'ir.
Tõshagim shu shõr tuproq,
Kõrpam kõkda bulutdir,
Mening akam Ulug' tog',
Mening ukam burgutdir.
Tabassumim chaqmoqlar,
Yomg'irlar - kõz yoshimdir.
Arslon meni ardoqlar...
Qoplon qarindoshimdir...
Yov hisobin qilmayman,
Mard bõlsa jon fidodir.
Dõstlarim kim, bilmayman,
Mening yorim - Xudodir.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев