orzulari bo'lganida puch, Ayol
xiyonatiga kelganida duch.
Nafsini yengmoqqa topolmasa
kuch, Alamdan ezilib, erkak
yig'laydi. Xaqiqat olovdir,
yolg'on bir shisha,
Xaq gapni
aytmoqdan qilmam andisha.
Qizi nogox bo'lib qolsa foxisha,
Xammadan yashirib erkak
yig'laydi. Cheksiz xasratlarga
qolganda botib, Ayriliq dog'ini
ko'rganda
totib. Bolasin
tobutin qolsa ko'tarib,
Yurakdan o'kirib, erkak
yig'laydi. Xizmat qilolmasa
tikib jonini, Rozi qilolmasa
otajonini. Tuproqqa qo'yganda
onajonini,
Uyalmay bo'kirib,
erkak yig'laydi. Do'sti sotib
ketsa og'ir kunida, Dardkashi
bo'lmasa aslo yonida. Omadi
chopmasa ish maydonida, Bir
chetga o'tirib, erkak yig'laydi.
Shayton
quchog'ida yotsa
bolasi, Vijdonin iblisga sotsa
bolasi. Qariyalar uyiga otsa
bolasi, Ajalin chaqirib, erkak
yig'laydi. Xaromni tanlasa,
xalol turganda, Navqiron
yoshligin uvol
qilganda. Qirq
do'sti bo'lmasa, qirqqa
kirganda, Chin dildan
o'rtanib, erkak yig'laydi.
Choyxonada o'tkazgan bo'lsa
umrin, Xech masjid tomonga
burmasa yo'lin.
Bir kuni
tushunsa adashganligin,
Umriga achinib, erkak
yig'laydi. Toshdan ham
qattiqdir yetimlik noni,
Taqdirida bo'lsa sag'irlik oni.
Ming bir
azoblarda qolganda
joni, Ko'ngliga suyanib, erkak
yig'laydi. Maylaru sharobga
bo'lsa u oshiq, Jirkanch
odatlargam yashasa sodiq.
Nom qozonolmasa ablaxdan
ortiq, Bir kuni
og'rinib, erkak
yig'laydi. Xech ham baxt
ko'rmasdan bir kuni oxir,
Og'zim oshga yetdi deganda
asl. Ajal sari "ketdik" desa
Azroil, "E vox", deb baqirib, erkak
yig'laydi.
She'rim tugar
endi, Abdullox, Yuraklar
ezilda so'zing tinglab vox.
Kechir bizni, Allox, kechir, yo
Allox, Kechirmasang bilki,
dunyo yig'laydi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев