(Piskentning barcha
farzandlariga bag'ishlanadi!)
Kunlar kelib, tunlar ketadi,
Quyosh kezar har kun falakni.
Umr sirin aglab yetadi
Kim anglasa charxi falakni!
Bir kun jajji go'dak eding Sen,
Pok boqardi qora ko'zlaring.
Sen yugurgan ko'chada qolgan
O'sha paytda bosgan izlaring...
Yodingdadir - onang kalomi,
Yodingdadir - otang koyishi.
Sinfdosh qizga xatlar yozganing
Yodingdadir yurak urishi?
Ustozlaring erkalashlari,
Yoki "shirin" quloqcho'zmalar!
Yodingdadir ilk qalam ushlab
Daftar to'la turli "chizmalar"!
Jarlar uzra koptok tepganing,
Qishgi qaynoq qorbo'ronlaring!
Ulfatlaring davrasida xush
Yayrab o'tgan go'zal onlaring!
Diling nurlab turar hamisha
Ona shahring xotiralari.
Orzularing uyg'otgan damlar,
Yodingdadir Piskent tunlari...
Xorijdami, qayda bo'lsang ham,
Seni sevar Piskenting onang.
Bir Piskentning kulbasi bo'lmas
Olislarda qurgan koshonang!
Unutma shahringni, ko'cha,
uyingni,
Eslab yurgin xokisorlarni.
Hech bir yerda topib bo'lmaydi
Piskentdagi kuz, bahorlarni...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев