ALLOH GO`ZAL Orazi gul, husni hilol, Alloh go`zal, Alloh go`zal. Mutloq kamol, mutloq jamol, Alloh go`zal, Alloh go`zal… Arsh arkida sulton o`zi, Beaybu benuqson o`zi. Poyiga cho`k, ul Zuljalol, Alloh go`zal, Alloh go`zal… Diydori bir shirin umid, Azal vujud, abad vujud. Kimga ayon, kimga xayol, Alloh go`zal, Alloh go`zal… Nahri zilol, bag`ri bahor, Gul chehra yor, nur chehra yor. Oromijon, oshuftahol, Alloh go`zal, Alloh go`zal… Tuproqqa jon etmish ato Momo havo, Odam Ato, Loydan odam yasar kulol, Alloh go`zal, Alloh go`zal… Shoir tilak-ta’bim o`shal, Ruhim o`shal, Rabbim o`shal, Allohu akbar, ey Bilol, Alloh go`zal, Alloh go`zal!..
Ibodat ne? Yaratganga itoat ham ibodatdur Haqiqiy bandalik birlan Sadoqat ham ibodatdur. Otang birla onang qalbi O‘tar ka’ba tavofidin Alar ko‘nglini shod etsang Bu xizmat ham ibodatdur. Umrni etmayin isrof O‘zing ro‘za vujuding sof Agar pok holda uxlarsan Bu rohat ham ibodatdur. Butun borliq nabotot ham Yaratganga etar tasbeh Bobodehqon ekib yursa Ziroat ham ibodatdur. Ibodatdur biror johil Jafokorga desang haq so‘z Va nodonga sukut qilsang Sukunat ham ibodatdur Agar juftihalol birla Ko‘ngilxushlik qilar bo‘lsang Falak shohid Malak hozir Bu suhbat ham ibodatdur. Tamal imoni ixlosdur Bu qullik bandaga xosdur Xudo deb qilganing har ish Va niyat ham ibodatdur. Sevib
Ollohim seni visoling kormoqlik istab Olga borarmiz doim sen tamon Mominlar duosin qabullar etgin Jannatda yuraylik birga biz har on
ALLOXNI QALB CHIINDAN TANIMAGUNCHA: Senda islom yo'g'u muslim nomibor samara bermagay davatlar qancha namozlar befoyda ro'zalar bekor ALLOXNI QALB CHINDAN TANIMAGUNCHA oxiri ko'rinmas bexol daydishing kutilar nechayil xaqni aytishing iloji bo'lmagay faxshdan qaytishing ALLOXNI QALB CHIINDAN TANIMAGUNCHA o'zingcha joningni xaqga tikursan bunga xujjat debon ertak toqursan suvsiz saxroga ko'chat ekursan ALLOXNI QALB CHIINDAN TANIMAGUNCHA bomdodni o'qibon uxlab do'vdirab yurarsan kunduzlar qizlarga qarab sendan ustundir badaviy arab ALLOXNI QALB CHIINDAN TANIMAGUNCHA oyatlar yodlaysan ko'zlarda nam yo'q islom oyoq osti bo'lsada g'am yo'q jannatga tushishyo'q ko'ngl
Показать ещё