Предыдущая публикация
Mana oqshom cho'kdi...
Xazonli bog'da
Tillorang yaproqlar unsiz yig'laydi
Sezdim ming yillarcha mendan yiroqda
Sevgisi xo'rlangan bir qiz yig'laydi.
Yiglaydi..!
Gullar ham ovuta olmas
Ko'z yoshi oldida daryolar tomchi
Kimdan alamin oliwin bilmas
Go'yoki bevafo o'zi aldamchi.
Yig'laydi..!
Dunyoni unitib butkul
Unga sho'x sabolar begona endi
Dunyoga aldanib kuygandir ko'ngil
Devorga urilgan peshona endi.
Yig'laydi..!
Goh behush gohi hushida
Baxtini taqdirdan qiladi ta'na
Sevgani opqochib ketar tushida
Cho'chib uyg'onadi yig'laydi yana...
#новости
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 60