BIR QIZ YIG'lLAYDI Mana oqshom cho'kdi... Xazonli bog'da Tillorang yaproqlar unsiz yig'laydi Sezdim ming yillarcha mendan yiroqda Sevgisi xo'rlangan bir qiz yig'laydi. Yiglaydi..! Gullar ham ovuta olmas Ko'z yoshi oldida daryolar tomchi Kimdan alamin oliwin bilmas Go'yoki bevafo o'zi aldamchi. Yig'laydi..! Dunyoni unitib butkul Unga sho'x sabolar begona endi Dunyoga aldanib kuygandir ko'ngil Devorga urilgan peshona endi. Yig'laydi..! Goh behush gohi hushida Baxtini taqdirdan qiladi ta'na Sevgani opqochib ketar tushida Cho'chib uyg'onadi yig'laydi yana... #новости
  • Класс
Показать ещё