Qayg'u bilmay men o'sdim, qayg'u bilmay ulg'aydim,
Yolg'on nima oilamda, tarbiyamda ko'rmadim.
Lekin uchratdim seni adashdim to'g'ri yo'ldan,
Yo'qotibman aqlimni mast bo'lib chiroyingdan.
(Chiroyingdan men mast bo'lib, adashibman)
* * * * * * *
Buni sen bilma,
Buni sen bilma,
Sevishim bilma,
Buni eslama,
Sevishim bilma.
* * * * * * *
Qanday azobda ko'nglim, nimalar kechar qalbim,
Faqat menga ayyondir, ichimda hamma dardim.
Ayriliqqa chidashga balki yetmaydi sabrim,
Yalinib bosh egishga yo'l qo'ymaydi g'ururim.
(g'ururim yo'l qo'ymas menga, lekin buni sen bilma)
* * * * * * *
Buni sen bilma,
Buni sen bilma,
Sevishim bilma,
Buni eslama,
Sevishim bilma.
* * * * * * *
Vaqt davolaydi balkim yurakdagi yaramni,
Unutarman men sekin yoshlikdagi xatoni.
Balki baxtli bo'larman, balki yolg'iz qolarman,
Men o'zimni bilaman, buni sen bilma.
* * * * * * *
Buni sen bilma,
Sevishim bilma,
Meni sen bilma,
Sevishim bilma,
Buni sen bilma,
Meni eslama,
Meni sen bilma,
Buni sen bilma,
Buni eslama.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев