IBRATLI MUHABBAT… Haj ibodatiga borgan bir musofir kishi ko‘chadan yigirma besh ming AQSh dollari miqdoridagi pulni topib olibdi. Pul egasini topish maqsadida, OAVga e`lon beribdi, tanishlardan so‘rab- surishtiribdi, lekin harchand urinmasin uyiga qaytgunicha ham pulning egasi topilmabdi. Yurtiga qaytgach ham so‘rab- surishtirishda davom etibdi. Internet tarmog‘i orqali e'lonlar beribdi, ammo bu ham foyda bermabdi. Oradan bir yil o‘tgach topilgan pulni o‘zi uchun sarflashni harom deb bilgan bu kishi, rafiqasi bilan maslaxatlashib, pulning hammasini beva-bechora va kambag‘allarga tarqatib yuboribdi. Oradan ko‘p o‘tmay uyiga ikki yigit kelib, topib olingan yigirma besh ming AQSh dollarning ega