Ishani: Oyijon sizga buni qanday chuntirishni bilmayman, ammo siz meni turmushga chiqishga undab to'g'ri qilgan ekansiz. (Ushbu qisqa suxbatdan so'ng ona bola Dishani qidirishga tushishadi, uni hech qayerdan topisholmayotgan edi.) Disha esa shifokor qabuliga bolani oldirish uchun kelgan, shifokor uning ko'rik natijalarini ko'zdan kechirib unga uning kam qonli hamda qon bosimida muammolari borligi bois hozirda bolani oldirish havfli ekanligini aytadi. Disha esa havfli bo'lsa ham buni qilishini so'raydi. Shunda shifokor ayol unda avval oila a'zolaringizni bir tasi bilan gaplashishim kerak deydi, Disha o'ylanib qo'ladi, shu payt shifokor honasiga Ishani kirib keladi va men uning opasiman deydi. Ishani va Disha suxbatlashishadi, Disha unga bor gapni, bolani otasi kim ekani, Rishi uni shunchaki o'yinchoq qilganini aytib beradi. Bu gaplarni eshitgan Ishani Rishiga bu topshiriqni kim berganini bilish uchun Disha bilan birga qamoqxonaga borishadi, U yerda Rishidan shu savolni so'rashadi, shunda Rishi bu ishlarni Ranvirning buyrug'iga ko'ra qilganini aytadi. Ishani ishonmaydi, shunda Chirak paydo bo'lib,: Ishon Ishani, RV seni aldamoqda, u sen va sening oilangdan o'ch olmoqchi, ko'rdingmi hatto uni sodiq yordamchisi ham buni tasdiqlamoqda deydi. Ishani o'ylanib qoladi, Chirak va Rishi ning so'zlariga ishongandek bo'ladi, ammo saldan so'ng ikkingiz ham boshqa Ranvirga tuxmat qilmang, men unga butkul ishonaman, har qancha uni yomonlamang, baribir men unga ishonaveraman, sizlar qancha uni yomonga chiqarsangiz meni unga bo'lgan ishonchim shuncha ortadi. Rishi sen nima deb o'ylagandik, Disha sabab seni qamoqdan chiqaradi debmi? Bilib qo'y Disha yolg'iz emas, men va mening turmush o'rtog'im u bilan birgamiz, deydi va chiqib ketishadi. Rishi Chirakga: men seni etganingni qildim, endi meni ozod qil deb aytadi. Gap orasida Rishi: ex Ranvir chiroyli gaplari bilan Ishanining ishonchiga kirib olibdi, bir paytla u ho'jayni ishonchiga ham kirgan edi, hattoki u Pariklar uyidan haydalgan bo'lsa ham Ishanining otasi Xarshad Parik unga ishonardi. Xarshad olamdan o'tgan kun RV u bilan ko'rishgani ham borgandi, deb aytadi. (Chirak bu so'zlarni eshitib qayta jonlanadi, u olovuddinning sexrli chirog'ini qo'lga kiritdim deb quvonadi) Ishani Dishani urshib, uyga olib keladi. Uyda Disha va Manasning unashtiruv hamda to'y kunini belgilash uchun Manas oilasi bilan o'tirishardi. Ranvir Ishanini kulib qarshi oladi va turli hil hazillar qiladi Ishaniga. Uni yana hammani oldida "Sani" deb chaqiradi. Qo'li bilan maxkam Ishanini ushlab oladi. Buni ko'rgan Falguni quvonib ketadi. QOLGANI BUNDAN HAM QIZIQ O'ZINGIZ O'QIB KO'RING MARHAMAT FAQAT BIZDA SO'NGI YANGILIKLARI KINO HAQIDA .... KUTAMISH TASHRIF BUYURING m.ok.ru/dk?st.cmd=altGroupMain&st.groupId=56888700108845&_prevCmd=userAltGroups&tkn=2038&_aid=groupOwnShowcase
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1