Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Jannatga kiradigan birinchi guruh (boshqa bir rivoyatda: "Ummatimning bir guruhi", deyilgan) badr kechasidagi to‘lin oy yanglig‘ bo‘ladi. So‘ng ulardan keyingilari osmonda nur sochib turgan charaqlagan yulduz kabi bo‘ladi. (Yana bir rivoyatda: "So‘ng bundan keyin darajalar bo‘ladi", deyilgan.) Ular u yerda bavl qilmaydilar, axlat chiqarmaydilar, tuflamaydilar, burun qoqmaydilar. Taroqlari oltin, tuproqlari mushk, juftlari hurlardir (boshqa rivoyatda: "Ulardan har birining ikkitadan jufti bor, go‘zal-liklaridan boldirlarining iligi ko‘rinib turadi. Ular o‘rtasida ixtilof, bir-birlarini yomon ko‘rish bo‘lmaydi. Ularning qalblari bir qalbdek, ertayu kech Allohga tasbeh aytadilar", deyilgan)" (Muslim rivoyati).
Bir rivoyatda: "Ularning xulqlari bir kishining xulqidek, bo‘ylari otalarining bo‘yidek (ya'ni, Odam alayhissalomning bo‘ylaridek)", deyilgan. Yana bir rivoyatda: "Otalarining bo‘yidek oltmish ziro' bo‘ladi", deyilgan.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan: "Jannatda erkaklar ko‘pmi yo ayollar?" deb so‘rashganda: "Har bir kishi uchun ikkita ayol bo‘ladi, ularning boldirlari suyagidagi iliklari go‘shtining ustidan ko‘rinib turadi. Jannatda bo‘ydoq odam bo‘lmaydi", dedilar.
Ibn Mas'uddan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Jannat ahlidan bo‘lgan ayol (shunchalik go‘zalki) boldirining oqligi yetmishta ziynat ortidan ham bilinib turadi, hatto iligi ham ko‘rinadi. Bu hol Alloh taolo aytganidekdir:"Ular (ya'ni, hurlar soflik va oqlikda) go‘yoki yoqut va marjonlardir" (Rahmon, 58). Chunki yoqut shunday toshki, agar uning orasidan ip o‘tkazsang, sofligidan u ip ko‘rinib turadi" (Termiziy rivoyati).
Anas roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Agar jannat ahlidan bo‘lgan bir ayol yer ahliga ko‘rinsa, yeru osmon o‘rtasi nurlanib, xush bo‘yga to‘lib-toshadi. Shubhasiz, uning boshidagi ro‘moli dunyo va undagi barcha narsadan yaxshidir" (Buxoriy rivoyati).
Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Jannat ahli soqolsiz, ko‘zlari tim qora bo‘ladi. Ularning yoshligi ketmaydi (ya'ni, qarimaydilar) va kiyimlari ham eskirmaydi" (Termiziy rivoyati).
Muoz ibn Jabaldan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Jannat ahli jannatga soqolsiz, ko‘zlariga surma surtilgan holda yoshlari o‘ttiz yoki o‘ttiz uch bo‘lib kiradi".
Jobir ibn Abdullohdan rivoyat: Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Jannat ahli soqolsizdir. Faqat Muso ibn Imronninggina kindigigacha soqoli bo‘ladi".
Sa'd ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu aytadilar: Nabiy sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Agar jannatdagi tirnoqchalik bir narsa dunyoga ko‘rinsa, butun yeru osmon o‘rta-sidagi narsalar ziynatlanib, yashnab ketadi. Agar jannat ahlidan bir kishi chiqib, yengini ko‘rsatsa, quyoshning nuri yo‘qoladi, xuddi yulduzning nurini quyosh yo‘qotganidek" (Ter-miziy rivoyati).
Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat: Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Kishi yosh o‘ladimi, qari o‘ladimi, jannatda o‘ttiz yoshda bo‘ladi, undan oshmaydi, kamaymaydi ham. Do‘zax ahliniki ham shunday bo‘ladi".
Yuqorida Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda jannatda har bir kishi uchun ikkitadan ayol b-rilishi aytildi. Bu xabardan jannatda ayollar erkaklardan ko‘p bo‘lishi tushuniladi. Vaholanki, Imron ibn Husayn roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda: "Ayollar jannatda kamchilikdir", deb ularning erkaklardan kamligi, aksincha, do‘zaxda ko‘pchilikni tashkil etishi aytilgan.
Bu haqda ulamolarimiz turlicha fikrlar bildirishgan. Shulardan biri: mutlaq ayol zoti jannatda erkaklardan ko‘p bo‘ladi, bu to‘g‘ri. Ammo bu ko‘plik jannatda yaratilgan hurlarning hisobiga ko‘ra. Dunyoda yashab o‘tgan ayollar esa, jannatda erkaklardan oz bo‘ladi. Bu dunyo ayollari do‘zax ahlining ko‘pchiligidir.
Jannatda dunyo ayollarining kamligi haqidagi hadis ayollar do‘zaxdalik paytlari nazarda tutib aytilgan bo‘lsa, ajabmas. Qachonki, do‘zaxdagi ayollar shafoat va Alloh taoloning rahmati tufayli do‘zaxdan chiqsa, hatto "Laa ilaha illalloh" degan birorta ayol qolmasdan jannatga kirsa, o‘shanda ayollar jannatda erkaklardan ko‘p bo‘lib, har bir erkakka dunyo ayollaridan ikkitasidan beriladi. Hurlar esa ko‘p-ko‘p ato etiladi.
Xuddi shu ma'noda Abu Said Xudriydan rivoyat bor: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Jannat ahlining eng quyi darajadagisi uchun sakson mingta xizmatchi va yetmish ikkita ayol (juft) bo‘ladi" (Termiziy rivoyati).
Yana shu ma'nodagi hadisni Abu Muhammad Dorimiy ham Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilgan.
"Taroqlari oltin, kumush, tutatqilari xushbo‘y bo‘ladi", degan so‘z xususida ba'zilarda shunday fikr tug‘ilishi mumkin: "Jannatda soch tarashga ne hojat, vaholanki, sochlari to‘zimasa, kir bo‘lmasa; tutatqiga ne hojat, o‘zlarining hidlari mushkdanda xushbo‘yroq bo‘lsa?"
Ularga shunday javob beriladi: Jannat ahliga berilajak ne'matlar, kiyimlar ularning avratlarini yopishga muhtojliklari uchun emas, ularning yeb-ichish, taomlari ochlikdan emas, sharob, may kabilar chanqoq sababli emas, xushbo‘y tutatqilar tutatilishi ham ularning yoqimsiz hiddi bo‘lishidan emas. Balki bularning hammasi doimiy lazzat, uzluksiz ne'matdir. Alloh taolo Odam alayhissalomga aytgan so‘zni eslang: "Shubhasiz, sen u joyda (ya'ni, jannatda) och-yalang‘och qolmaysan. Va u joyda tashna ham bo‘lmaysan, issiqda ham (issiqdan qiynalib ham) qolmaysan" (Toho, 118-119).
Buning hikmati shuki, Alloh taolo jannat egalarini jannatda dunyoda ne'matlantirmagan ne'matlar bilan ne'matlantiradi va ularga O'zidan boshqa hech kim bilmaydigan narsalarni ziyoda qilib beradi.
Xuddi shunday fikr do‘zax ahli haqida ham bo‘lishi mumkin. Alloh taolo: "O'shanda (ya'ni, do‘zaxga tashlanganlarida) ular bo‘yinlarida kishan va zanjirlar bilan qaynoq suv tomonga sudralurlar, so‘ngra olovda yondirilurlar" (G'ofir, 71);
"Zero, Bizning dargohimizda (kofirlar uchun tayyorlab qo‘yilgan) kishanlar va (ularni kuydirib ozor beruvchi) olov-do‘zax bordir" (Muzzamil, 12), degan. Bas, Alloh taolo ularni dunyoda azoblamagan azoblari bilan azoblaydi. Sha'biy aytadi: "Alloh taolo do‘zaxiylarni qochib ketmasin uchun kishanlaydi, deb o‘ylaysanmi? Yo‘q, Allohga qasamki, unday emas! Ular ko‘tarilishni xohlasalar, bu kishanlar ularga og‘irlik qilib, bosadi va bo‘sh holatda azoblangandan ko‘ra qattiqroq azoblanadi".
Ibn Muborak aytadilar: "Bizga Said ibn Abu Ayyub Uqayl ibn Shihobdan ushbu hadisni aytdi: "Jannat ahlining tili arabcha, qabrdan chiqqanlarida suryoniy bo‘ladi".
Sufyon aytadi: "Bizlarga yetdiki, insonlar qiyomat kuni jannatga kirishlaridan oldin suryoniy tilida gapiradi. Jannatga kirganlaridan keyin arab tilida so‘zlashadilar".
Imom Qurtubiyning "Tazkira"sidan (Toshkent, "Movarounnahr", 2006) olindi.
Tarjimonlar: Jahongir To‘lqin o‘g‘li va Ubaydulloh Abdulaziz o‘g‘li
Mavzular:
Jannat ne’matlari, sifatlari va u haqida kelgan xabarlar
Jannat ahlining bu dunyodagi sifatlari
Jannatlarning bir-biridan afzalligi bormi?
Jannat ne’matlari va jannat ahliga tayyorlab qo‘yilgan narsalarning sifati haqida
Jannat anhorlari va tog‘lari hamda ularning bir parchasi dunyoda mavjudligi haqida
Ya’juj ma’juj chiqib zamon oxirlashganda, bu davrlarning yo‘qolishi, Qur’on va ilmning ko‘tarilishi haqida
Jannat daryolari qaerdan oqib chiqadi?
Xamr jannat egalarining sharobi ekani, kim uni dunyoda ichsa, oxiratda ichmasligi, jannat egalarining libos va idishlari haqida
Jannat daraxtlari, ularning mevalari va dunyodagi mevalarga o‘xshashlari haqida
Jannat liboslari haqida
Jannatdagi barcha daraxtlarning tanasi oltindan ekani haqida
Jannatdagi ziroat (ekin-tikin) haqida
Jannat eshiklari, ularning soni, kimlar uchunligi, nomlari va kengligi haqida
Jannat darajalari va ulardan mo‘minga beriladiganlari haqida
Jannat bolaxonalari va ularning egalari haqida
Jannatdagi qasrlar, hovlilar, uylar va mo‘min banda erishadigan narsalar haqida
Alloh taoloning "Baland ko‘tarilgan ko‘rpachalar", degan oyati haqida
Jannat chodirlari, bozorlari, jannatiylarning dunyoda qilgan ishlari va ibodatlarini eslashlari
Hech kimning jannatga ruxsatsiz kirmasligi haqida
Jannatga birinchi kiradiganlar faqirlar ekani haqida
Jannat ahlining sifati, darajasi, yoshi, bo‘yi, yoshligi, teri, kiyimi, tarog‘i, tutatqisi, jufti va tili hamda jannatda bo‘ydoq bo‘lmasligi haqida
Hurlar, ularning so‘zlari va odamiy ayollarning javoblari hamda xo‘jayinlari haqida
Yaxshi amallar hurlarning mahri ekani haqida
Hurlar nimadan yaralganligi haqida
Kishi dunyoda qaysi xotin bilan bo‘lsa, oxiratda ham u bilan bo‘lishi haqida
Jannatda yeyish, ichish va nikoh xaqiqatda borligi, ifloslik, kamchilik va uyquning yo‘qligi haqida
Mo‘min qachon jannatda bolani xoxlasa, bir lahzada homila bo‘lishi, tug‘ilishi va ulg‘ayishi haqida
Jannatdagi barcha narsa abadiy, eskirmaydi, bo‘lmaydi, tugamaydi
Jannatdagi ayol-hurning dunyoda yurgan juftlarini ko‘rishi haqida
Jannatdagi qush, ot va tuyalar haqida
Hino jannat rayhonlarining sayyidi ekani va jannat rayhonlar bilan o‘ralgani haqida
Qo‘y va echki jannat hayvonlaridan ekani haqida
Jannatning atrofi, hidi va so‘zlashi haqida
Jannatga ekin daraxt ekish "Subhonallohi val hamdu lillahi..." kalimasi ekani haqida
Zikr jannatni bino qilishda mablag‘ ekani haqida
Jannat ahlining eng quyi va eng oliy darajasi haqida
Allohning roziligi jannatdan afzalligi haqida
Jannat ahlining Alloh taoloni ko‘rishi eng katta ne’mat ekani haqida
Alloh taoloni ko‘rish haqida
Jannat ahliga alloh taoloning salomi haqida
“Va yana bizning huzurimizda qo‘shimcha (izzat-ikrom)lar ham bordir” oyati haqida
Jannat va do‘zax ahli haqida kelgan oyat va ulamolar tafsiri xususida ulamolarning so‘zlari
Musulmon va mushriklarning vafot etgan go‘daklari haqida
Farzandi vafot qilgan kishining mukofoti haqida
Jannat ahlining jannatga kirgan paytlaridagi yegulik va sovg‘alari haqida
Jannat kaliti "Laa ilaha illalloh" kalimasi hamda namoz ekani haqida
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев