Charchoqning og'irligi bilan
o'yquga ketdi. Bir ingrash
ovozidan
o'yg'onib ketdi. Atrof
qorong'ulik. “Tush edi
shekilli”, dedi sekin. Lablari
chanqoqlikdan qo'rigandi.
Chiroqni
yoqmasdan oshxonaga kirdi va
qonib qonib suv ichdi va yana yotog'iga
qaytdi. Ko'zlarini uyqu
bosganida,
yanga takror o'sha ingrash
ovozini
eshitganday bo'ldi. Ammo bu tushmi yoki o'ng farqiga bora
olmasdi. Ovoz
kelgan tarafga qaradi. Ha, tush
ekan, deya o'yladi. Chunki
ingrayotgan
ovoz sohibi uyidagi birgina joynamozi edi.
Hayratlangan kishi qo'rquv
bilan:
- Ingragan senmiq
- Ha, dedi joynamoz.
- Nega yig'layapsanq - Seni o'yqungdan uyg'otgan
chanqoqlikni, tuyib suv ichib
qondirding. Mening
chanqog'imni
qondiruvchi kimsa yo'q.
- Axir, sening joning bo'lmasa, qanday qilib chanqaysan.
- Bu mening ham ehtiyojim.
Ammo
mening chanqog'imni tavbakor
bandalaringni ko'z yoshlari
qondiradi. - Tushunmadim, dedi kishi
joynamozga qiziqish bilan
qararkan.
- Yig'layman, chunki Allohning
qo'llari qabrdagi azobdan,
qiyomatda yorug' yuz bilan tirilishni
istaydilaru, lekin kechalari turib
tahajjud
o'qimaydilar. Har kuni senga
qarayman, lekin biron marta
shukr qilib
ikki rakaat namoz o'qiganingni
ko'rmadim.
- Meni o'z holimga qo'y, dedi
kishi
yotog'iga qaytarkan. Joynamoz davom etti:
- Ey Allohning quli, qara,
bomdod
namozining vaqti kirdi. Azonda
namoz
uyqudan xayrlidir, deya seni namozga chaqirmoqda. Oh,
tong
namozi ,
tong namozi. Namozlar ichida
boshqacha namozdir. Qalb va
tanani hayotga qaytargan namozdir bu.
Yetmaydimi, kecha kunduz
shoshganing, Aziz va
Qahhor bo'lgan Allohning
chaqirig'ini nega ijobat
yetmaysanq! Odam sekin to'shagidan
boshini
ko'tarib:
- Ey joynamoz, meni o'z
holimga
qo'y. Kunduzi ishlab juda charchaganman. Biroz dam
olay,
deya issiq yotog'iga burkandi
kishi.
- Demak, sen dunyoni
oxiratdan afzal ko'rasan.
Bu so'zlardan kishining jahli
chiqdi:
- Bo'ldi, yetar, boshqa gapirma,
deya baqirdi.
Bu so'zlardan so'ng joynamoz biroz
jim turdi va yana sekin ovoz
bilan:
- Oh, fajr vaqtidagi odamlar,
Oh fajr
vaqtidagi odamlar, dedi, - sen Payg'ambarimiz s.a.v. ning bu
vaqt
haqidagi so'zlarini bilasanmiq
“Har
kim quyosh chiqmasdan va
botmasdan oldingi namozlarni o'qisa, otashga
kirmaydi”, va nihoyat:
“Munofiqga
eng og'ir kelgan namoz tonggi
va
kechki namozlardir. (Bomdod va
Xufton). Agar bu ikki
namozning
ajrini
bilsalar edi shoshilib
ketardilar...” Bu so'zlarga kishi tushagidan
boshini ko'tarib:
- Haqsan, tonggi namoz
haqiqatan
juda unumli, dedi.
- Unday bo'lsa, tur o'rningdan, namoz o'qi.
- Ertaga InshaAlloh, bugun juda
charchadim.
Joynamoz so'nggi umid bilan:
- Kishi solih amallarning ajrini
bilmasa bu amallar unga qiyin ko'rinadi.
Qabrda uyquga tuyasan-ku
axir. Tur
namozingni o'qi, ey Allohning
quli!
Bu so'zlarga kishi hech narsa deya
javob bermadi. Joynamoz ham
bir
necha
vaqt jim qoldi. Kishi uyqusida
davom etti. Chunki u umridagi eng
uzun
uyquga cho'mgandi.
Joynamozning
oxirgi so'zlarini eshitish unga
nasib bo'lmagandi. Joynamoz esa:
- Ey tavbasini ertaga qoldirgan,
ertaga uyqudan turishingga
kim
kafil.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1