Navbatdagi maqolamiz hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarda nihoyatda faol bo’lgan bir qancha shou-biznes olamining vakillariga tegishli. Bugungi kunda hech bir san’atkor yo’qki instagramda shaxsiy akkaunti bo’lmasa. Ular o’z sahifalarida hayotlarining deyarli har bir daqiqasining suratlarini, turli xil videolarni joylab borishadi. Ba’zida bunday suratlar, videolar orasida bexayolikni qamrab olgani ham mavjud. Mana shu tarzdagi surat va videolarga saytimiz orqali izoh bersak, darrov biz bilan olishishadi: »Nega unday deding, nega yozding» va yana shu kabilar. Yoki piar qilish maqsadida birga tushgan rasmlariga bir-birimizni sevamiz mazmunidagi izohlarni yozishadi. Biz esa quvonib, ularga baxt tilasak bunday ma’lumotni qayerdan olding deb do’q qilishadi. O’zlarining rasmlarini tinmay joylashadiyu, homiylarimiz tomonidan sovg’alar inom etsak rahmat izxor qilib rasm joylashni bilishmaydi. Rahmat deb yozish shunchali qiyinmi? Ba’zi xonandalarimizdan biri esa “man bilgan eng samimiy va g’iybat qilmaydigan …. sayti” deb boshqa saytlarni qoralayaptimi? Lekin o’sha siz aytayotgan g’iybatchi saytlar bir vaqtlar sizni reklama qilgan. »Ishim bitdi, eshagim loydan o’tdi» qabilidagi yana bir ajoyib turdagi xonandalarimiz bor. Qo’shiqlarini taqdim etishimizni yoki u haqidagi yangiliklarni chop etishimizni so’rab uning evaziga bizning ham iltimoslarimizni bajarishlarini yoki to’y xizmatlariga borishlarini qayta-qayta o’z o’gizlari bilan aytishadi-yu, ana shunday paytlar kelganda ularni yerdan ham ko’kdan ham topib bo’lmay qoladi. Yana reklama kerak bo’lib qolganda »Assalomu alaykum» deb yana biz bilan uyalmay netmay bog’lanishadi. Nobodo tashrif buyursalar ham bu xizmatlarini tinmay minnat qilishadi. Bir xil toifa san’atkorlarimizni intervyuga taklif qilsak, albatta boramiz deb so’z berishadi. Biz ham ularga ishonib muxlislarga o’zlarini qiziqtirgan savollarini yo’llashlarini so’rab, saytimizda ma’lumot qoldiramiz. Savollar yig’ilgandan so’ng, ular bilan bog’lansak intervyuni rad etishadi. Bu savollardan qo’rqganligidanmi yoki muxlislarni mensimaganligidanmi? Intervyuga tashrif buyurgan ba’zi san’atkorlar esa ijtimoiy tarmoqlarda savollarimiz yoqmaganligini ta’kidlab izohlar yozishadi. Biz o’zimizni qiziqtirgan savollarni bir chetga surib, muxlislar tomonidan yo’llangan savollarni beramiz! Xalqqa bizni yomon otliq qilib ko’rsatishni bas qiling!!! Ba’zi ijodkorlar o’zlari haqida saytimizda ma’lumot berishimizni so’rashadi. Ma’lumot joylaganimizdan keyin esa mash-mashani ko’ravering. Bu joyi oyimga yoqmadi, unisini xolam bo’lmabdi dedilar, prodyuserimni jahli chiqdi, ammamga bu joyi yoqmadi olib tashlanglar deb boshlashadi. U holda tekst qoladimi? Yaxshisi boshqa bizdan buni so’ramang. Rejissyorlarga ham bir qancha e’tirozlarimiz yo’q emas, afsuski. Film taqdimotidan avval reklama qilib berishimizni so’rashadi. Biz reklama qilib berganimizdan keyin film taqdimoti uchun taklifnomani ham ravo ko’rishmaydi. Yoki taqdimotdan keyin yana reklama qilib berishimizni so’rashadi »Qaysi yuz bilan?» Lekin shunday rejissyorlar ham borki hech narsa evaziga hatto o’ntalab taklifnomani shunday chin ko’ngildan berishadi. Albatta, ularga minnatdorchilik bildiramiz. Shu borada esa barchar shou-biznesning ba’zi vakillariga esa insof tilaymiz!!!
Манба (Источник): http://shok.uz/bazi-aktrisa-xonanda-va-rejissyorlarga-tegishli-achchiq-haqiqatlar.html
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев