(hikoya) 7-sinf. U qiz
partasini oldida
tushkun kayfiyatda
turgandi. Men uni
yoniga borib nima
bo’ldi deb so’radim. U
matematikadan
qiynalayotganini,
tushunmayotganini
aytdi. Men unga
yordam taklif etdim.
Uning yuziga
tabassum yugurdi,
yuzimdan o’pib,
dunyoda eng yaxshi
do’st ekanligimni
aytdi. Men bo’lsam
uni sevaman, lekin
unga sevishimni
aytishdan
qo’rqaman... 8-sinf. U
menga qo’ng'iroq qildi
va uni yoniga
borishimni so’radi. U
sevgani bilan urushib
qolganini va bir o’zi
siqilib ketayotganini
aytdi. Biz u bilan
kinoga tushdik. Va uni
uyiga kuzatib
qo’ydim. Yetib
kelganimizda
yuzimdan bir
marotaba o’pib,
dunyoda eng yaxshi
do’st ekanligimni
aytdi. Men bo’lsam
uni sevaman, lekin
o’ziga bu haqda
aytishga negadir
qo’rqaman. 9- sinf. U
meni yonimga kelib
sevgani kasal bo’lib
qolganini, bitiruv
oqshomiga bir o’zi
borgisi
kelmayotganini va
meni u bilan birga
borishimni so’radi.
Men rozilik bildirdim. U
sevinib ketdi va meni
yuzimdan bir
marotaba o’pib,
dunyodagi eng yaxshi
do’st ekanimni aytdi.
Men bo’lsam uni
sevaman, sevgimni
izhor etishga
qo’rqaman... 5-
avgust. U meni
yonimga yugurib
kelib, yuzimdan
doimgidek bir marta
o’pib, dunyodagi eng
yaxshi do’st ekanimni
aytdi... Mana u
yaqinlashib kelmoqda.
Nikoh ko’ylagida u
naqadar go’zal edi.
Umid qilamanki, o’sha
uni sevadi, men
uchun eng muhimi u
baxtli bo’lsa bo’ldi.
Chunki men uni
sevaman, lekin
sevgimni izhor
etishga shu darajada
qo’rqaman, chunki uni
yo’qotib qo’yishim
mumkin... Bugun esa...
Men janozada
turibman. Oradan
ko’p yillar o’tgan,
lekin men uni hamon
sevaman... Men uni
buyumlarini
yig'ayotganimda
shaxsiy kundalik
topib oldim va bir
sahifadagi yozuvlarga
ko’zim tushib o’qiy
boshladim: "U
dunyodagi eng yaxshi
do’st, uchalik hech
kim meni tushuna
olmaydi. Necha
marotaba u meni
qo’llab-quvvatladi.
Meni tashlab
ketishganida
dardkashim bo’ldi,
men bilan bitiruv
oqshomiga bordi...
Men uni shu qadar
sevamanki, lekin
o’ziga aytishga juda
qo’rqaman, chunki uni
yo’qotib qo’yishdan
qo’rqaman!" Ha,
baxtga yetishish
uchun ulardan bittasi
atiga uchta so’zni
aytsa yetarli edi...
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев