Men opamning taqdirini aytib
bermoqchiman. Bu xuddi
qörqinchli tushga öxshaydi.
Opam bir yigit bilann bir-birlarini
qattiq sevishardi. Yigit opamni
bir zum ham yolg'iz qoldirgisi
kelmasdi. Shunchalik sevardiki,
xatto tun-u kun eshigimiz
tagidan ketmasdi. Men uni issiq
kunda ham, sovuq tunda ham
köp bora uyimiz qarshisida
körardim. Ammo adam bilan
oyim bu haqda bilib qolishgach
opamga qattiq shart qöyishdi:
yo u, yo biz... Opam xonasida
rosa yig'ladi ösha kuni. Bu köz
yoshlar yetaklab kelgan dardni
opamning közlaridan boshqa
hech qayerda uchrtamaganman.
Keyin ösha yigit bilan umuman
körishmay qöydilar. Aminman,
opam endi faqat Xudodan
adamning rozi bölishini
söraydigan bölgandi. Köp ötmay
boshimizga musibat tushdi.
Opam og'ir xastaligini bildik.
Unda miya saratoni borligini
eshitganimizda uyimizda deyarli
hamma yig'lagandi. Adam
opamni köp doktorlaga
körsatdilar. Ular zudlik bilan
operatsiya qilish lozimligini
aytishardi. Bu orada ösha yigit
köp marta telefon qildi. Tabiiyki,
opam unga bu haqda
aytishimizni umuman
xohlamasdilar. Yigit Moskvaga
ketyotganligini bilgach, yana
rosa yig'ladilar. Men öshanda
tushunganman. Inson özidan
ham battar yöqotishdan
qörqadigan insonlar bölarkan
dunyoda. Har holda opamning
közidan (katta ehtimolki,
qalbidan ham) oqayotgan köz
yoshlari shundan dalolat berardi.
Opamga oxirgi marta u bilan
körishish u-n ruhsat berishdi.
Ösha kecha opam bilan birga
chiqdik. Opam u bilan yonma-
yon turib, bir og'iz ham
gapirmadi. U faqat yig'ladi. Yigit
esa opamni yupatardi: "Men
tezda qaytaman, jonim,
yig'lama",- derdi u. Öshanda u
opamni sönggi bor körib
turganligini qayerdan ham
bilardi. U ketgach opam meni
quchoqlab, qulog'imga
shivirlaganida butun vujudim
muzlab ketdi. Opam aynan
shunday dedilar: "Nega aynan
men?"... Yigit ketgach opam u
bilan telefonda ham
gaplashmadi. Ehtimol qörqqandir.
Unga hammasini aytib
yuborishdan qörqqandir. Uni
operatsiya qilishadigan kun ham
keldi. Ösha kun kutish zalida
ötirib, Xudodan opamning tirik
qolishini söradim. Qizil chiroq
öchib, doktor chiqqach esa...
adamning toshdek qotganlariyu,
oyimning ezilib yig'laganliklari
yodimda qolgan xalos. Opamni
qabrga qöydik... Ancha vaqt
ötgach, tongda dasturxon
atrofida ötirganimizda ösha yigit
Moskvadan telefon qildi. Men
javob berdim. Unga opam vafot
etganligini aytdim. U gapimni
oxirigacha eshitmasdan
göshakni qöyib qöydi. Ösha kuni
yarim tunda eshik taqilladi. Adam
eshikni ochganlarida qarshisida
ösha, opam sevgan yigit turardi...
Uning közlarida men opamning
közlarida ham körmaganim öta
kuchli alam bor edi. Ösha kuni ilk
bora adamning yig'laganlarini
kördim. Ehtimol köz yoshlari bir
vaqtlar ularni majburan
ayirganliklari uchun
pushaymonliklaridandir... Ehtimol
yigitning közlarida opamning
yuzlarini körgandirlar...
Opangizning ruhlari shod bölsin,
Zarina
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1