TANISHIB QOLGAN BOLA"
Virtual muloqotlar, qizlar bilan
tanishish, sinovidan o'tmaganlari
bilan behayo suhbatlar qurish
jon-u dili edi. Toki bir voqea
uning
hayotida chuqur iz
qoldirmagunicha. Xullas, u
internetda taniqli
aktrisalardan birining suratlarini
qo'yib olib, "Guli" degan ismda
profil ochgan qiz bilan tanishib
qoldi. Uning ham saytdagi ismi
boshqa edi. Bir-ikki
gaplashganlaridan keyin qizni
uchrashuvga
taklif qildi. Aytilgan vaqtda,
aytilgan joyda o'tirgan yigitning
diqqatini uzoqdan köringan qiz
öziga tortdi. Uchrashuv joyiga...
uning singlisi kelardi... Qiz ham
uni ko'rib qoldi... Yigit tiligacha
muzlab ketdi... Saytda
gaplashganlarida unga aytilgan
behayo
takliflari, qizning sharmisora
javoblari... Shundan beri
saytlarga
yo'lamaydi... Singlisining esa
yuziga ham qaragisi kelmaydi...
O'sha "uchrashuv"dan keyin uni
qattiq do'pposladi, qo'lidan
telefonini olib qo'ygan... Lekin
yuragini qandaydir iztirob
kemirgani kemirgan... U doim bir
narsani öylaydi: "Men singlim
bilan tanishgan nechanchi yigit
ekanman-a?..."
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев