Virtual muloqotlar, qizlar bilan tanishish, sinovidan o'tmaganlari
bilan behayo suhbatlar qurish jon-u dili edi. Toki bir voqea uning
hayotida chuqur iz qoldirmagunicha. Xullas, u internetda taniqli
aktrisalardan birining suratlarini qo'yib olib, "Guli" degan ismda
profil ochgan qiz bilan tanishib qoldi. Uning ham saytdagi ismi
boshqa edi. Bir-ikki gaplashganlaridan keyin qizni uchrashuvga
taklif qildi. Aytilgan vaqtda, aytilgan joyda o'tirgan yigitning
diqqatini uzoqdan köringan qiz öziga tortdi. Uchrashuv joyiga...
uning singlisi kelardi... Qiz ham uni ko'rib qoldi... Yigit tiligacha
muzlab ketdi... Saytda gaplashganlarida unga aytilgan behayo
takliflari, qizning sharmisora javoblari... Shundan beri saytlarga
yo'lamaydi... Singlisining esa yuziga ham qaragisi kelmaydi...
O'sha "uchrashuv"dan keyin uni qattiq do'pposladi, qo'lidan
telefonini olib qo'ygan... Lekin yuragini qandaydir iztirob
kemirgani kemirgan... U doim bir narsani öylaydi: "Men singlim
bilan tanishgan nechanchi yigit ekanman-a?..."
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев