Qiz öz xonasida u yoqdan bu
yoqqa tez-tez yurardi.
Asabiylashganligi dan
barmoqlarini qisardi. Bugungi
kechaga borish uchun ruhsat
berishmagan ota- onasidan jahli
chiqardi. Tög'rida, voyaga
yetgan bölsa, har kuni ham
bölavermaydiku bunaqa
kechalar. U yerda dugonalari,
döstlari, eng muhimi esa u -
sevgan yigiti böladi. Ota-onasi
esa qiz bolaning yarim kechasi
restorandagi ziyofatga borishi
yaxshi emasligini aytishdi. Unga
nisbatan adolatsizlik qilishdi.
Ayniqsa onasining qizini
xonasiga kelib aytgan gapi qizni
asabiylashtirardi. Hammasi
yaxshilikka emish. Qanaqasiga
yaxshi bölsin, hamma
yaqinlariga qöshilib oyda- yilda
bir yayrab dam ololmasa? Qiz
nihoyat, ota- onasiga
aytmasdan derazadan chiqib
ketishga qaror qildi. Ota- onasi
sezishmasa bas. Kiyinib, uyda
ota-onasi uxlaydigan vaqtda
derazadan sekingina chiqib
ketdi. Restoranga kelib, bazm
xursandchiligiga qöshildi.
Sevgan yigiti bilan uzoq
suhbatlashdi. Soat yangi kun
boshlanganini körsatgan vaqtda
qiz ketishga chog'landi. Yigit uni
kuzatib qöyishini aytdi. Qiz taksi
chaqirishini, yigit köp ichib
yuborganligini va mashina
hayday olmasligini aytsada,
anchagina mast bölishga
ulgurgan yigit uni eshitishni
istamadi. Nailoj, qiz mashinaga
ötirdi. Köcha böylab
harakatlanishar ekan, qiz
yigitdan sekinroq haydashini
söradi. Ammo yigit uni
eshitadigan ahvolda emasdi.
Shu asnoda qarama-qarshi
tomondan avtomobil farasi
yorug'i yigitning közini
qamashtirib yubordi. Mashina
polasadan chiqib ketdi va
qarshisidan kelayotgan boshqa
avtomobilga urilibdi... Qiz
közlarini ochganida tepasida
xamshira turardi. Qizning
hamma joyi og'rir, qöl-
oyoqlarini qimirlatolmas, boshi
bint bilan bog'langandi. U
zörg'a xamshiradan ruldagi
yigitga nima bölganligini söradi.
Xamshira yigit voqea joyida
vafot etganligini aytdi. Qiz ular
urilgan mashinadagi odamlar
haqida söradi. Unda ham ikki
kishi bölganligini va ular ham
halok bölganligini bilgach,
afsuslandi. Özining ham ahvoli
og'irligini sezib, tirik
qolmasligini tushundi.
Xamshiraga pichirlab gapirardi:
"Opajon, iltimos, ota-onamga
meni kechirim söraganligimni
aytib qöying... Men ularni
gaplariga quloq solishim kerak
edi. (Qiz gapirishga tobora
qiynalardi) Bilasizmi... men...
men ista... istamagandim. Ularni
yaxshi körishimni ham ayting.
Aytasiz... Aytasiza?" Xamshira
namlangan közlari bilan unga
jim termulib qoldi. Qizga javob
bermadi. Uning qölini mahkam
qisib oldi. Ikki daqiqadan keyin
qizning joni uzildi. Shunda
boshqa bir xamshira undan
nimaga gapirmaganligini
söradi. U esa qizning jonsiz
yuziga termulgan köyi shivirladi:
"Qizga ular urilib ketgan
avtomobilda halok bölganlar
uning ota-onasi ekanligini
aytgim kelmadi.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2