3-sinf o'quvchilariga dars
bo'lyapti. O'qituvchi bolalarga:
"Xudodan o'zingiz uchun nima
so'ragan bo'lardingiz?"
mavzusida
insho yozishlarini vazifa qilib
topshirdi.
Hamma oppoq qog'ozga o'z
inshosini yoza boshladi.
Kechqurun yozma
ishlarni tekshirarkan,
o'qituvchining
diqqatini bir insho o'ziga tortdi.
Inshoni o'qib chiqarkan u juda
xafa
bo'ldi, ko'zlaridan yuziga yosh
dumaladi. Shu vaqtda xonaga
uning eri kirib keldi va ayolining
ko'zidagi
yoshlarni ko'rib hayron bo'ldi.
“Nima
bo'ldi?” – deb so'radi u. “O'qing”,
- deb,
unga o'sha o'quvchining
inshosini
uzatdi. Insho quyidagicha
yozilgandi:
"""Pаrvardigor, bugun Sendan
alohida bir narsa haqida o'tinib
so'ramoqchiman: meni
televizorga
aylantirib qo'y... Ha, xuddi
uyimizdagi
televizorning o'rnini egallashni
istayman. Men ham uyda alohida
joyga
ega bo'lib, oilamizni o'z atrofimda
jam bo'lishini xohlayman.
Gapirayotganimda gaplarimni
bo'lishmasin, ahamiyatsiz
narsalarni
gapirmasligimga ishonishsin,
diqqat-
e'tibor markazida bo'lishni
istayman.
Agar meni televizorga aylantirib
qo'ysang, dadam ishdan
charchab
kelsalar ham, "Men
charchaganman", -
demasdan mening yonimda
bo'ladi.
Agar meni televizorga aylantirib
qo'ysang, onam xafa bo'lib,
yolg'iz
qolganida ham meni e'tiborsiz
qoldirmaydi. Qaniydi, ota-onam
hamma narsani tashlab har kuni
ozgina vaqt men bilan birga
bo'lishsa...
Parvardigorim, balki ko'p narsa
so'rayotgandirman, lekin chin
dildan
so'rayapman. Iltimos... Meni
televizorga aylantirib qo'y..."""
O'qituvchining eri
bu yozma ishni o'qib bo'lgach
hayqirib
yubordi: “Dahshatning o'zi bu!
Bechora bola!” Yig'layotgan
ayolidan
baland ovozda so'radi: “O'zi
qanday
axmoq ota-ona ekan ular? Odam
degan ham shunchalik
bo'ladimi?"
O'qituvchi ayol yosh to'la
ko'zlarini
eriga qadab mahzun javob berdi:
“Bu
inshoni... bizning o'g'limiz
yozibdi..


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев