
Haloldan rizqini tergan yigitlar.
Sog' salomat qaytgaysiz uyingizga.
Musofir yurtlarda yurgan yigitlar.
Kimnidir kutmoqda sevimli yori.
Kimnidir mexribon onaizori.
Kimnidir qaylig'i ko'zi humori.
Musofir yurtlarda yurgan yigitlar.
Kutmoqda sog'inib o'g'il qizingiz.
Shirin shakar erkatoy qora ko'zingiz. Ularning baxtiga asrang o'zingiz.
Oilam deb ishlab yurgan yigitlar.
Ota-Onangizning ishonchin oqlang.
O'zbek nomusi-orini saqlang.
Hamisha halolik peshasin yoqlang.
Horijiy ellarda yurgan yigitlar.
Dilkash Do'stim, tila mudom duoda. O'zbeklar salomat yursin dunyoda.
KO'Z doim siz uchun duoda.
Topgan boyligingiz bo'lsin ziyoda.
Musofir yurtlarda yurgan yigitlar......


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 9
binoan !!! Rossiyaga o'ynagani borgan
emas,
Ruslar uni kulib kutib olgan emas.
Chin aytayabman, aytganlarim yolg'on
emas,
Oson emas Musofirga, oson emas.
Sovuq kunda baland uylar qurgan
bilar,
Ish yo'g'ida "Xaltura" lar qilgan bilar.
O'n besh kishi bir xonada turgan bilar,
Oson emas musofirga, oson emas.
Oylab ishlab so'ng aldanib qolgan
bilar,
Million ishlab qo'lga 100 ming olgan
bilar.
Hali yetmay Deportatsiya bo'lgan
bilar,
Oson emas Musofirga, oson emas.
Bugun uylanib bir oy o'tmay uchgan
bilar,
Yorin qumsab yostig'ini quchgan bilar
Kunda 10 bor militsiyaga tushgan
bilar,
Oson emas Musofirga, oson emas.
Qish kelishin zor-intizor kutgan bilar,
"Yoshlik davri" Rossiyada o'tgan bilar.
Bor alamin mag'rur ichga yutgan bilar,
Oson emas Musofirga, oson emas. . .