
Layli, hoy Layli. Layli emas bu kasofatning o'zginasi. O'lmading, men qutulmadim! Qachon odam bo'lasan? -onasining javrashidan cho'chib uyg'ondi Layli. Soatga qarasa tonggi besh. -Labbay oyijon. Biron ayb ish qilibmanmi? -yerga qarab multiradi Layli. -O'l sen xo'p. O'l! Nega hovlining hazonlarini supurmading? Qachongacha tekinini yeb yotasan? -Dadam aytgandiki... -Dadang ham sen ham boshga bitgan balosanlar. Nima dedi dadang? -Sen supurma! Xizmatkorlarga nega pul to'layapmiz? Agar yana hamma uxlagan vaqt hovli supursang qattiq xafa bo'laman... - gapini tagatmagan edi sho'rlik. Og'ziga kelib tushgan shapaloqdan sapchib tushdi. -Tez chiqib supur! Agar dadangga churq etsang, joningni sug'urib olaman. -Xo'p oyijon! -Hungrama menga, ko'zingni shurvasini oqizib! 8 yoshli Layli tungi kiyimini alishtirishga ham ulgurmadi. Kuz tongi, salqin emasmi? Qo'llari dir - dir titrardi. A'zoyi badani muzlayotgandi. Hovli esa keng. Chidashi kerak. Soat yettiga yaqinlashib qolganda supurib bo'ldi. Yuvinib, kiyimini alishtirib bo'lgach, endi choyga o'tirmoqchi edi onasi: -Anavi kirlarni ko'rmayapsanmi? Borib yuv. Bironta dog'i qolsa, ko'zgininangni o'yib olaman! -Xo'p bo'ladi oyijon! -ko'zlari pir piragancha kir yuvishga tushdi. Doim dadasi safarga ketsa, Layli uchun qora kunlar boshlanadi. Ammo u yengilmasdan a'lo baholarga o'qirdi. Hamma qiyinchiliklarni yengishga harakat qildi. Hali yorug' kunlar oldinda deya o'ziga taskin berardi. Kimdur uni bu holatdan qutqarishiga ishonardi. Oradan 10 yil o'tdi. Layli oliygoh talabasi bo'ldi. Hamma xursand. Ammo onasining qovog'i ochilmaydi. Axir uning arzandasi Zebo institut imtixonlaridan yiqildida. -Na muncha og'zing quloqda bo'masa? Xoynaxoy Zebo yiqilgani uchun bo'lsa kerak. Ko'zlaringga o't tushgur. -Nima deb pichirlayapsan Gulsara? - so'radi dadasi. -Tabriklayapmanda qizalog'imni dadajonisi. Layli oliygohda ham o'zini ko'rsata oldi. Hamma o'qituvchilarning e'tiborini qozondi. Hamma uni harmatini joyiga qo'yardi. Axir uningdek aqilli qiz yana qayda bor? Ammo Laylining ko'ngli xira. Dadasi har ikki hafta deganda safarga chiqadi. Layli uchun esa azobli kunlar boshlanadi. U shunday vaqtlarda jonidan to'yib ketardi. Kim meni bu g'urbat xonadan olib ketadi deya xomush yig'lardi Shunday kunlarning birida ularning uyiga usta yigitlar kelishdi. -Keldinglarmi? Mana bu xonaga falonchi kinodagi pechdan qurasizlar. Ko'rgansanlarmi o'zi? -Ha opa ko'rganmiz. Boshlayveraylikmi? -Ha boshlaysanlarda! Boshqa nima qilardinglar. Ne'mat va Shukurullo bunaqa do'qlarni ko'pini eshitgan. Ammo talaba bo'lmish Nozimshox ilk bor bunaqa muomalani eshitib turishi edi. U onasiga yordam bo'lsin deya halol mehnat qilayotgandi. -Layli, sen bulardan ko'z quloq bo'l! Choy desa choy ber, non desa non. Hushyor bo'l. Xonadagi hamma buyumlar qimmatbaho. -Oyijon, darslarim qolib ketadi. Bormasam bo'lmaydi. -O'chir ovozingni yashshamagur. - Laylining ko'zlari yoshga to'ldi. Ammo uchala ustaning ham ko'zi unda ekanligini sezgach, tezda o'zini qo'lga oli va ming hijolat bilan gap boshladi: -Kechirasizlar! Oyim o'zi juda yaxshi inson. Ozroq kayfiyati yo'qroq. -Qon bilan kirgan jon bilan chiqadi. -dedi Ne'mat. Ustalar ishni boshlab yuborishdi. Layli ularga tez tez issiq choy damlab berdi. Tushlikka yaqin mazali bir ovqat tayyorladi. Nozimshox undan ko'z uzmayotganini sezgach, u xonaga choy olib kirmadi. Kech tushgach ular ishlarini tamomlab, ish haqlarini olib uylariga otlanishdi. Nozimshox keta turib Laylining o'qish joyini so'radi. Layli esa aytdi. Xullas o'zingizdan qolar gap yo'q, u Laylini izlab bordi. Ozroq suhbatlashdi: -Layli, nega ko'zlaringiz doim g'amgin boqadi? -Menimcha bu charchaganimdan bo'lsa kerak. -Oilangizda mojaro ko'p ko'rinadi? -Bu nima deganingiz? Nima haqqingiz bor bunaqa deyishga? -Uzur, ochiqchasiga gaplashib olaylik. -Yo'q, uyga borishim kerak. -O'sha onangizni zaxridan totganimi? -Onamni haqorat qilamang! Layli ketdi... Ammo yuragi qolib ketdi. Balki u qutqarar uni xo'rliklardan. Bir hafta o'tgach otasi yana safarga jo'nadi. O'sha kuniyoq onasining nag'malari boshlandi. Sovuq bo'ishiga qaramasdan hovlida kirlarni yuvdirardi. Tongda qorlarni kurashini buyurardi. Shu kunlarning birida ularnikiga sovchilar kelishdi. Onasining esa jaxli yanada olovlandi. "Nega sovchilar Zeboga emas, bu kasofatga keladi?" deya asabi qo'zirdi. -Uzur mehmonjonlar, Layli hech qachon erga tegmaydi. Ortingizga qaramasdan ketavering! -bu qo'pollikdan sovchilar angrayib qolishdi. Qanday chiqib ketishganini o'zlari ham sezmay qolishdi. O'sha kuni kechasi Nozimshox Layliga qo'ng'iroq qildi: -Labbay, eshitaman sizni. -Bu men Nozimman. -Nima? Raqamimni qayerdan oldingiz? -Bu muhim emas. Sizda gapim bor... -... -Layli hech so'z demadi. -Sizni yaxshi ko'raman. Sizni doim xursand ko'rishni istayman! Siz ham baxtli bo'lishga haqlisiz axir. - narigi tomondan piq piq yig'i ovozi eshitildi. -Men bilardim, qachondir shunaqa inson kelishini bilardim... -Layli, oz bo'lsada ko'nglingiz bo'lsa, men sizni olib ketaman. Oldindan aytay, majburlash yo'q. Faqat meni sevsangiz bo'ldi. Boshqa hech narsa kerak emas. - Narigi tomonda esa jimlik. Sukut alomati rizo! Ertasi kuni u onasini Laylilarnikiga yubordi. Laylining onasi esa rad etdi. -Bolam, u xotinga bas kelib bo'lmaydi. Chidab yashganiga qoyil. -Oyi, men harakat qilaman roziligini olishga. Dadasi diyonatli inson, albatta tushunadi. -Omadingni bersin bolam. Laylining otasi uzoq ketdi bu gal. Kelgach esa Layli Nozimshoxga xabar qildi. Nozim o'sha kuni yetib keldi va vaziyatni tushuntirdi. Otasi Laylini chaqirdi. Ilk bor qizining ko'zlarida quvonchni ko'rdi. U hammasini sezardi. Xotini unga tinchlik bermayotganini sezardi. Ammo ko'z yumardi. -Yaxshi, men o'ylab ko'rib javobini aytaman. Shuhrat aka Nozim o'qiydigon oligohga qo'ng'roq qilib u haqda surishtirdi. Bironta ham yomon gap eshitmadi. Xizmatchilaridan birini mahallasiga junatdi. U yoqda ham maqtab yuborishibdi oilasini. So'ng Laylini yoniga chaqirdi: -Qizalog'im, doim hammasini ichingga yutasan, lekin bu safar ham dadang xato qilmasin. Qalbingda borini ayt. Faqat ochiqchasiga qizim. -Dadajon, u men kutgan inson! -Unda unga qo'ng'iroq qil. sovchilari kelishsiz! -Axir oyim norozilarku... -U seni oying emas! Seni oying bebaho ayol edi. U seni dunyoga keltiriboq olamdan ko'z yumdi. Ona mehriga zorig'ib qolma deb tezda uylangan edim. Ammo tanlovda adashibman. Siz ikkalangiz esa albatta baxtli bo'lasiz. Ota oq fotihasi szlarga hamroh bo'ladi. InshoOlloh Baxtli bo'lasizlr bolam deya qizini bag'riga bosdi. ***Oradan 2 yil o'tdi. -Layli, jonim, qizimizni ismni nima qo'yamiz? -Nilufar. -Nega? -Chunki bu ism meni dunyoga keltirgan mehribonimning ismlari. -Unda Nilusham ham sendek aqlli, dono bo'lar ekanda. Chunki sen ham oyingga o'xshagansan! -Buni qayerdan bilasiz? -Buni dadajonimiz aytdilar... -Sizni uchratganim, bu mening eng oliy baxtim Nozim aka. -Men ham Ollohdan minnatdomran! Axir sendek pokiza va ochiqko'ngil yorga munosib ko'rdi!!!


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев