
Kuz dunyodagi eng ezgu tuygularni uzida mujassamlashtira olgan sirli fasl.
Barglarning yokimli shitirlashi, shamolning mungli ohangi… Bularning bari tabiatning bizga baxshida etgan eng noyob tuxfasi bulsa kerak…
Sizga havola etayotgan hikoyam real voqelikdan olingan.
Erkaklarda nima ko’p? Choyxona! Kursdoshlar, sinfdoshlar bilan... Sentyabrning boshlari bulgani uchun, eng yakin kursdoshlarim bilan yig’ildik. Gap avjiga chiqqanida qo’l telefonim jiringladi. Notanish raqam.
- Eshitaman.-dedim.
- Assalomu alaykum. Bezovta qilganim uchun uzr, menga Shaxnoza kerak edi.
- Adashdingiz.
- Lekin, Shaxnozani o’zi menga shu nomerni berdi-ku?
- Yaxshi qiz bu mening nomerim.
- Uzr. Salomat bo’ling...
Telefonimni stol ustiga ko’yib, to’ldirilgan bakalni "ko’tardim”. Boyadan beri harakatlarimni kuzatib utirgan do’stim Alijon gap qotdi:
- Ovozi farishtalarnikiga o’hsharkan a? Qaytarib qil. Tanisharmikan?
- Jinnimisan? "O’raladigan” qiz emasligi bilinib turibdi-ku.
- Ho’p, telefon kilib ko’r sendan nima ketdi...
Beixtiyor uning nomerini terdim.
- Labbay?
Hayolimga birinchi kelgan fikr shu edi: "Haqiqatda shirali ovoz!”.
- Yaxshi qiz menga ovozingiz yoqib qoldi. Balki tanisharmiz?
- Yo’q tanishmayman. Siz meni noto’g’ri tushundingiz .
- Yomon bola emasman. Yaxshi niyatda tanishmoqchi edim.
- Meni boshqa bezovta qilmang. Sog’ bo’ling!
Keskin javobni eshitib, dovdirab qoldim. Yana qayta qo’ng’iroq qilganimda, u telefonni ko’tarmadi. Alijon meni yupatganday:
- Ahamiyat berma Elyor, hayotda shunaqasi ham bo’lib turadi... –dedi jilmayib.
Shunaqasi ham bo’lib turadi? Qizlardan bunday javob eshitmaganim uchun, yuzimga tarsaki tushirilganday buldi... Oradan uch kun o’tdi. Shirali ovoz sohibasining ovozi esa hech qulog’imdan ketmasdi. Notanish qiz bilan hayolda gaplashardim. Shartaki javoblarini eshitgim kelardi. Keyin nimanidir ustida tortishib qolardik. Tashqaridan kulgili, ammo unga uzimcha ko’rinish berardim. Atrofimda shuncha guzal qiz turganida, notanish qizning nimasi meni uziga shunchalik jalb etdi? Ovozidagi jozibami yoki keskin javoblar? Tug’ri, qizlarning psixologiyasidan ancha-muncha habarim bor. Siz uzingizni undan olib qochsangiz, yakinlashadi. Yaqinlashsangiz, uzoqlashadi. Erkak kishining ham psixologiyasi qiziq. U meni uzidan qanchalik itarsa, men unga shunchalik yaqinlashaman.
Ishdan bushab, «boshimni aylantirgan» raqamni terdim. Javob bo’lmadi. Ko’tarmagunicha teraverdim.
- Allo...-Assalomu alaykum.
- Voalaykum assalom!
- Insofingiz bormi? Nega meni yana bezovta qilyapsiz? Aytdim-ku, men ushanda rostdan adashib tushgan edim!
- Hammaga shunaka shartakimisiz?
- Buni sizga alokasi yuk!
- Nega alokasi bulmas ekan? Tanishmasligingizni sababi bormi?
- Qiz bolaning nikohsiz holda boshka erkak bilan gaplashishi gunoh. Bekorchi narsalarga vaqt ketkazgandan ko’ra, duo qilin!
- Unda menga duo qilishni o’rgating. Yoshim yigirmada bulsa xam, duo kilishni bilmayman. Sizga savobi tegardi. U jim bulib qoldi. Oradagi sukut yana bir oz davom etishini hohlardim.
- Mayli, fakat bitta shartim bor. Menga qung’iroq qilmaysiz.
- Unda qanday kilib gaplashamiz?
- Sms orqali.
- Raxmat, meni hursand qildingiz…
Go’shakni quyib sms yozdim: «Uzr ismingizni, yoshingizni bilmayman. Sizga murojaat etganda, nima deb chaqiray?».
Javob keldi:
«Mubina. Yoshimga kelsak, duo kilishingiz uchun yoshimni bilishingiz shart emas».
Ikkinchi xatni yozishga kirishdim:
«Tugri. Lekin qiziqishim ustunlik kilyapti».
Mubina ham bo’sh kelmasdi.
«Kup qiziqsangiz tez qarisiz ». Qiziq javob buldi-ku: «Ismim Elyor. Sizning yoshingizni bilib qarib qolmayman-ku ».
Mubinaning keyingi smsini uzoq kutdim. «Qolganini vaqt ko’rsatadi. Yaxshi dam oling» dedi u.
Qiziq qiz ekan-ku. Mubinadan kelgan smslarni qayta o’qib kulib yubordim. U uqituvchining qizi yoki uqishidagi birinchi partaga hech kimni yakinlashtirmaydi.
Zorimiz bor, zurimiz yo’q. «Yaxshi tushlar ko’ring» deb sms yo’lladim.
Oktyabr yaqinlashishi bilan, daraxt barglari sarg’ayib qalblar kuz iforiga to’ldi. Deraza ortida sirli faslning g’amli daqiqalari, ko’chadagi sokinlikni tomosha qila hayolga chumaman. Mubinadan ko’p duo va salovatlarni urgandim. Yoshi un sakkizda bulishiga karamay, ilm va kitoblarga qo’ygan ixlosi meni hayratga solardi.
«Siz xayotda qanchalik ko’p gunoh ish qilsangiz, yuragizda qora dog’ paydo bo’ladi. Qora dog’ni yo’q’otish uchun tavba qiling. Nafs quliga aylanib, yomonliklarni ko’paytirsangiz, dog’ butun qalbingizni egallaydi. Yaratganga istigfor ayting. Shunda Robbimiz: «Bandam gunohini avf etuvchi yoki jazo beruvchisi borligini bilar ekan. Men uni afv etdim»,-deb marxamat qiladi. Cho’lda ketayotgan odam tuyasi va oziq-ovqatini yo’qotib, so’ng topib olganida qanchalik sevinsa, Olloh ham tavba qilgan bandasidan shunchalik hursand bo’ladi», derdi u.
Mubina bilan munosabatlarimiz chuqurlashib ketdi. Kuniga bir marta uning ovozini eshitmasam, qo’lim ishga bormasdi. Meni qiynayotgani, bitta shaharda turib uni ko’rmaganim, taklif qilgan uchrashuvlarimning rad etilishi edi. U odamning tashki ko’rinishini emas, qalb go’zalligini birinchi o’ringa qo’yardi. Ovozidagi bolalarcha beg’uborlik, meni o’ziga butunlay asir etib bo’lgandi. Kunlarning birida Alijon bilan Mubinaga aytmay kollejga bordik. Ko’pchilikdan so’rab qidirdik. Lekin hech kim anik javob bermadi. Shu darajada telba holiga boribmanki, istarali qizlarning bari ko’zimga u bo’lib ko’rinardi. So’nggi suhbatlarimizda Mubinaning ovozi bugila boshladi. Buni bir necha marta berkitishga harakat qilsa ham sezilardi. Sababini surasam, «Oddiy shamollash, hech qisi yo’q o’tib ketadi», deb meni yupatardi.
- Mubina… - dedim bir kuni men.
- Labbay?
- Osmonga qara. Anavi, eng katta ajralib turgan yulduz bor-ku.
- Zuxro yulduzini aytyapsizmi?
- Xa.
-Ko’ryapman.
- Qara, ikkalamiz bitta yulduzga qarab turibmiz. Ajoyib a?
U indamay qoldi.
– Mubish meni eshityapsanmi?
- Bari bir o’sha yulduz ham bir kuni sunadi…- dedi u.
Ertasiga undan sms keldi. «Elyor aka meni unashtirishyapti». Mubinaga qungirok qilganimda, zo’rg’a gapirardi. Akasining eng yakin dustiga unashtirilayotganini eshitib, gazab otiga mindim. Shu darajada dunyo ko’zimga tor kuringanidan, gapini oxirigacha eshitmay telefonni uchirdim. Bir necha kun uzimga kelolmadim. Ko’rimsiz tubanlikka chukayotganday edim guyo. Mubinaga qo’ngiroq qilganimda, telefoni uchirilganidi. Bu holat uzoq davom etdi. Uni qidiray desam uy manzilini bilmayman. Bir hafta vaqt o’tgach, notanish raqamdan sms keldi:
«Kechirasiz, men Mubinaning eng yakin dugonasi Nodiraman. Sizga buni qanday aytishni bilmayapman. Mubina upka saratonidan olamdan ko’z yumdi. O’limidan avval shu smsni sizga yuborishimni iltimos qilgandi:
«Elyor aka…men sizdan Olloh uchun voz kechdim. Gaplashganimiz gunoh degan edim-ku. Iltimos gunohli ishlardan voz keching. Omon buling mexribonim. Men sizdan mingdan-ming roziman. Olloh barchamizga xidoyat bersin…» Mubina xech kimga unashtirilmagan. Bu kasalini berkitish uchun aytgan edi menga. Shifokorlar bir oy umri qolganini aytishganida, «Xech kimga bildirmay, irodamni yegib yashayman!» degandi. Sizga yana bitta xat tashlab ketgan. Uni siz bilan uchrashganimizda beraman… »
Ko’zlarimga ishonmay maktub ichidagi so’nggi maktubni qayta o’qidim. Holatimni tasvirlay olmayman. Yiglagim kelardiyu, yiglay olmasdim. Nimaga men uning ovoziga ahamiyat bermadim? Sunggi suhbatda unga qo’pol muomala qildim. Og’ir kunida yonida tura olmaganimni o’ylab, uzimni aybdor xis qilardim. Gapimga ishoning, ayrilik azobidan so’ng, yuqo’tgan mehriboningizni qadriga yetarkansiz. O’lim haq ekanligini bilamiz-u, yaqinlarimiz yonimizda bo’lganida uni eslamaymiz. Butun umr hayot kechiradiganday yashaymiz. Inson o’zi shunaqa ekan-da, har soniyada o’limi yakinlashib kelayotganini sezib, yorug’likka intiladi. Yoki aksincha, birovlarning rizqini yeydi. Omonat dunyoning, omonat ishlariga qo’l uradi. Mubinachi? U uzining hayotini yaxshilikka bagishladi. U menga qanchalik qadrli bo’lganini, mana endi seza boshlagandim… Nodira bilan kabriston oldida uchrashdik. U ketganidan so’ng, Mubinanig so’nggi maktubni o’qib, uzoq yig’ladim. Sukutga chumgan qabristonning bir burchagida uning…Mening Mubinamning qabr toshi turardi. «Men keldim Mubinam… Eshityapsanmi? Kuz nixoyasiga yetib qolganida seni ko’rishga keldim. Meni kechir. Ogir kuningda yoningda bo’la olmaganim uchun kechir. Yo’q, yiglayotganim yo’q… Esingdami, yulduzli osmonga qarab gaplashardik. Kulishlaring, ovozing…Tugrisi, seni judayam sog’inib ketdim. Meni kechir…Seni erkalab chaqirishni istardim. Lekin, notug’ri tushinishingdan qo’rqib erkalolmasdim. Bu so’zni senga aytolmaganim alam qilyapti. Mubina men seni sevaman. Men seni judayam yaxshi ko’raman. Senga aytadigan so’zlarim juda ko’p edi. Sen mening eng shirin armonimsan. Doimo ko’z oldimda va hayolimda bo’lasan.Olloh dargohida yuzing yorug bo’lsin. Men sendan mingdan-ming roziman Mubina… Dardli nolani tugatishim bilan kuz shamoli uz kuchini ko’rsatdi. Extimol, bu Mubinanig menga bergan javobi, hursanchiligidir. Qish yaqin bo’lgani uchun, daraxtdan barglar tukila boshladi. Xavodan tuyib-tuyib nafas oldim. Bu kuzning sunggi barglari edi. Nachora, bizni tanishtirgan kuz, Mubinani mendan ayira oldi. Barglarning nozik raks harakatlarini tomosha qilib umr abadiy emasligini bilsam ham, Mubinanig nomi men uchun doimo hayot bulib qoladi…


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2