Assalamu alaykum. Bir hikoyadan judayam ta'sirlandim. Shu voqeani sizlarga ham yetkazishni lozim topdim. Bir oilada tug'ilgan bolalar ayni shirin davrida, 2-3 yashar bo'lganida o'lib qolaverkan. Allohni irodasi ekan. Har gal Ona bechora O'lik bolasini bag'riga bosgancha bo'zlab bo'zlab yig'larkan, uning dod faryodiga osmon toqat qilolmay, duv-duv yosh to'karkan. Tog'lar larzaga kelib ,daryoyu dengizlarda toshqin paydo bo'larkan. Lekin erning ko'zidan biror tomchi ham yosh chiqmas ekan. Har gal bolasi olamdan ko'z yumganda Onaizor boshini devorlarga urib yig'larkan, sochlarini yularkan,yuzlarini tirnarkan. " Sen o'lguncha men o'lsam bo'lmasmidi" deya Allohdan öziga o'lim tilarkan. Er bo'lsa bu kulfatni jimgina o'tkazaverarkan. Har gal boladan judo bo'lganda mushtipar Ona farzand dog'ida 1-2 oylab kasal bo'lib yotarkan. Tabiblar turli dori darmonlar berishib, har xil muolajalar qilib uni arang oyoqga turg'azisharkan. Oilada unga og'ir ish qildirishmas,qattiq botadigan gap etishmas, ko'ngliga qarab ish tutishar ekan. Er esa Soppa sog'day yuraverarkan. O'n birinchi farzand 3 yoshida olamdan o'tganda Onaning toqati toq bo'libdi. - Hoy Er, Otamisan o'zi,nimasan ?! Nega qayg'urmaysan ? ! Xotin shunday deb tik turgan Erining yoqasidan olib, siltagan ekan , Er yerga Guuppp etib tushibdiyu Jon taslim qilibdi !!!!! Bechora Er g'amni ichiga yuta yuta tugab, bir siltashgayam bardosh berolmaydigan holga kelgan ekan.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 10