Bizning yurtda yoshlar
asli sho‘x
bo‘ladi,
Qizlarining ko‘zi tundek
tim bo‘ladi,
Buxoroda sevgi sharti
boshqachadir,
Buxorocha muhabbatni
kim biladi.
Uylanadi yigit qizni
ko‘rmay turib,
Qiz ham ko‘nar qallig‘ini
bilmay
turib,
O‘z baxtiga ishonadi
sevmay turib,
Buxorocha muhabbatni
kim biladi.
Siz so‘rarsiz
qalamqoshlar narxi
qancha,
Azim shahar bo‘yi
baland ancha-
muncha,
Kelinni siz ko‘rolmaysiz
to‘y
o‘tguncha,
Buxorocha muhabbatni
kim biladi.
Oilalar bir birini bilsa
bo‘ldi,
To‘ydan keyin birga
baxtli bo‘lsa
bo‘ldi,
O‘n-o‘n besh yil o‘tib,
keyin sevsa
bo‘ldi,
Buxorocha muhabbatni
kim biladi.
Kim biladi SHofirkoncha
odatlarni,
G‘ijduvoncha ulfatlarni,
ovqatlarni,
To‘y kechasi sinashadi
omadlarin,
Buxorocha muhabbatni
kim biladi.
AXAD QAYUM


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев