Unutgum albatta bir kuni sizni,Ko'zlarim bu dunyoni tark etgan kuni.Bir kuni eslarsiz hayolan turib,Bu dunyo tashvishin sal chetga surib.Yodingizga tushsam har tong otganda,Bulbullar sayrashib qilsalar handa.JONIM rozimisiz o'tgandir mendan,Ruhim ham tinch yotar balki o'shanda.Sizni baxtli ko'rish istagim edi,Qalbimga mehr ila pok tuyg'u keldi.Saxarlar qo'l ochib duolar qilib,ALLOHdan so'radim iltijo qilib.Mehrdan ayirmang shu qaro ko'zni,Hamisha Allohim qo'llagay sizni !
Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Комментарии 1