
YoShlardanmi ko'zimizning qarolari, jonim hato qilmadimmi sizni sevib. Sabolarni yo'latmadim men yonimga, tilib terdim nishlar kirsa tovonimga. Titrab turgan uvoqqina shu jonimga, endi jafo qilmadimmi sizni sevib. Bu ne tuyg'u dil oynasin chertib o'tdi, oy bag'rini qizg'aldoqqa surtib o'tdi. Adash yo'lda ozoringiz turtib o'tdi, boshga balo qilmadimmi sizni sevib. Yuragimning tub tubida armon qolgan, baxt deganning borligiga gumon qolgan. Charxi dunning ne zarbidan omon qolgan, dilni ado qilmadimmi sizni sevib, JONIM XATO QILMADIMMI SIZNI SEVIB.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев