Dard cheksam yig'lasa, quvonsam kulsa Hayotda hamisha qadrimni bilsa To tirik ekanman u vafo qilsa Shundayin yaqin bir insonim bo'lsa Niyatim pokiza nurafshon yuzli Mehribon samimiy faqat bir so'zli Mehmon do'st aqlli halol non tuzli Shundayin yaqin bir insonim bo'lsa Yashirmay aytganim sir saqlay olsa Ishonsam ishonchim u oqlay olsa Sevgimni bir umr u poklay olsa Shundayin yaqin bir insonim bo'lsa Quvonchim alamim men bir-la yutsa Soginib o'rtanib u meni kutsa Qiynalsam sevgilim qolini tutsa Shundayin yaqin bir insonim bo'lsa.
Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Нет комментариев