Quyoshga muhtojman bilmaydi yomg'ir. Tomchisi közimga kirar yosh bölib. Dardimga parvo ham qilmaydi yomg'ir. Shivalab töxtamay yog'ib ötar u. Dilimdek saboni balki kutar u. Zamin g'uborini yuvib ketar u. Qor kabi sochimga inmaydi yomg'ir. Intiqqan kishilar g'amin yutsada. Tomirda oqsada qon emas zada. Qalblar obi chashmga tölib bitsada. Chanqoqdan xech qachon qonmaydi yomg'ir. Tunlar bedorligim bilarmikin yor. Yo jonim xavotir qilarmikin yor. Özining yog'ida özi qovrilib. Yaxwiyam men kabi yonmaydi yomg'ir. Noma ilinjida titrar yuragim. Allohdan özimga sabr söragum. Ayvondan köz tikib termulsamda jim. Sog'inchim zarra ham olmaydi yomg'ir.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев