
- Dada, dada axlatchi keldi.
- Yo'q o'g'lim, bu emas, biz aslida axlatchimiz.
U bizni axlatdan halos etuvchi, tozalovchi.
___ • Ruhiy tarbiya ulamolar insondagi kibr, ujub, manmanlik kabi hislatlarni yo'q qilish uchun xojatxona tozalashni maslahat berar ekanlar. Aslida inson manashu holatda o'zi kim ekanligini yaxshiroq biladi. • Men sizga hozir ko'chaga chiqib, bular kabi kiyimni kiyib ko'cha tozalashni maslahat beraman. Ammo afsuski, oramizda ko'chani tozalash u yog'da tursin, mana shu kiyimda ko'chaga chiqqani ham hazar qiluvchilar bor! • Islom bizni poklikka, tozalikka buyurdi.
Jannatning kaliti – namoz.
Namozning kaliti – poklik dedi. Hech qanday solih amal pokliksiz amalga oshmaydi.
Poklik, ozodalik vujudda, badanda, qalbda, ongda, tafakkurda va makonda bo'ladi. Ya'ni manashu joylar doimo poklanib turishga muhtoj.
Muslimmisan, unda ularni pok tut!
Kim poklikka bee'tibor ekan, iymonidan bir shu'basi shikastlanibdi.
Zero poklik iymondandir. - Alloh holimizni isloh qilsin!


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев