
miltirab,
Ko’z ochib –
yumguncha o’tmoqda
kunlar.
Xizmatga jo’natgan
o’g’lin sog’inib,
So’z terib ovunar,
yig’laydi tunlar.
Qalbiga kuz kelgan
yog’maydi hech qor,
Ayanchli alanga
qurshab olmoqda.
Bir paytlar yorini
kuzatgan chog’lar –
Suratda aks etib,
yodga solmoqda…
Shunda kichik qizi
hayqirar tog’da,
Toshlarni to’ntarar
ovozlarida.
Aka… degan go’zal
sog’inchli ovoz,
Dunyoni erkalar o’z
nozlarida.
Ona oshiqadi darvoza
tomon -
Sakkiz qiz o’stirgan
etaklarida.
Sog’inchli yoshini
to’kar bolam, deb –
O’zbekning ul beva –
erkaklari – da!!!


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев