
ardog’im,
Kunduzi quyoshim,
tunda mayog’im,
Meni erkalaysiz, deya
qarog’im,
Erta kech boshimda
sizsiz parvonam,
Menga oq sut bergan
mehribon onam.
Oq yuvib, oq tarab
o’stirdiz meni,
Men sizga beroldim
aytingchi ne ni,
Deysiz, omon ko’rsam
bo’lgani seni,
Gohida yaqin
do’st,gohi
g’amhonam,
Menga oq sut bergan
mehribon onam.
Hayotning sinovin
barchasin yengdiz,
Suv kelsa simirdiz,
tog’ni yemirdiz,
O’zizdan farzandni
ustun deb bildiz,
Ovutdingiz meni
to’lganda nolam,
Menga oq sut bergan
mexribon onam.
Sizga ming bor raxmat
mexri daryoyim,
Men yulduz bo’lsam,
siz to’lin, yuz oyim,
Toki siz bor meni
sovumas choyim,
Fido qilsam ham kam
sizga bu jonam,
Menga oq sut bergan
mexribon onam


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев