
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin XX asr o‘zbek adabiyoti tarixini qayta o‘rganish asnosida 1910-1920 yillardagi yangi o‘zbek adabiyoti rivojida zamonaviy ilg‘or turk adabiyoti va matbuotining ham muayyan ijobiy ta’siri sezilarli bo‘lganligi xolis ko‘rsatila boshlandi. O‘zbek matbuotida turk shoirlarining she’rlaridan bir qancha yangi tarjimalar e’lon qilindi. Lekin shunga qaramasdan, mazkur davrdagi o‘zbek-turk adabiy aloqalari tarixi maxsus o‘rganilgan emas. Biz shularni hisobga olib, ushbu mavzuni yangi arxiv manbalari asosida alohida o‘rganishni lozim topdik. Chunki bugungi istiqlol kunlarimizda xalqimizning barcha sohalarda bo‘lgani kabi adabiyot va madaniyat jabhasida ham boshqa xalqlar bilan bo‘lgan o‘zaro aloqalari tarixini o‘rganish muhim g‘oyaviy tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Zero, Prezidentimiz Islom Karimov to‘g‘ri ta’kidlaganlaridek, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q... O‘zlikni anglash tarixdan boshlanadi. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o‘rgatadi”.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев