
Bu gapni u aynan Turkiston xalqlariga, xususan bizning millatimizga nisbatan aytgan demoqchi emasmiz. Lekin shunisi aniqki, buni butun Turkistonni mustamlakaga aylantirgan chor Rossiyasi o‘zining asosiy shiori qilib olgan edi. Oktyabr to‘ntarishining mevasi bo‘lmish Sho‘rolar hokimiyati esa bu an’anani izchillik bilan davom ettirdi. Oqibatda biz o‘z tariximizdan mosuvo bir «millat» bo‘lib qoldik.
Shu sababdan ham hozirgi kunda o‘tmish haqiqatni bilishga, ayniqsa «bosmachilar» deb nom olgan mujohidlar va fuqarolar urushi davri tarixiga qiziqish har qachongidan ortdi.
Garchi tarixchilarimiz o‘zlarining so‘nggi xulosalarini bildirishga ulgurmagan ekanlar, xizmatimiz asnosida yo‘l-yo‘lakay uchrab qolgan arxiv hujjatlari asosida ba’zi fikrlarni aytib o‘tiiga jazm etdik.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев