deydilar"
Poyezdga yetolmagach yigit
yugurishdan töxtadi. "Jin ursin
ösha svetaforni,- hayolidan
ötkazardi u,- ertaroq harakatlanish kerak edi.
Qayerdanam ösha betayinning
mashinasiga ötirdim!" U asabi
tarang holda ortga ögirildi. Shu
vaqtda xuddi özi kabi poyezd
ortidan afsuslanish bilan qarab qolgan qizga közi tushdi.
Qizning uzun sochlarini shamol
öynab, xafaqon yuzlariga
tushirarkan, yigit undan
közlarini uzolmay qoldi.
Haqiqatda, qarshisida judayam sohibjamol 21-22 yoshlar
atrofidagi qiz turardi. Qiz ham
yurishdan töxtadi. Uning shaxlo
közlari anchagina olislab ketgan
poyezdga termulgan köyi yig'lab
yuborishga tayyor turardi. Yigitga qizning bu holati
judayam g'alati, özgacha jozibali
tuyulardi. Ayni damda yigit
poezdni unutib ham yuborgandi.
"Yaxshiyam shu svetafor bor
ekan", - tabassum qildi u. Qiz ham taqdirga tan berdi shekilli,
yigit tomonga qaradi. - Salom, -
dedi yigit. - ... - Poezdda
ketadigan odam bunday ertaroq
harakat qilishi kerakda. - Sizga
öxshabmi,- kuldi qiz. - Yöq, men poezddan sizni körib tushib
qoldim. Qiz javob bermay
vokzal ichi tomon yöl oldi. Yigit
unga yetib oldi va gapirishda
davom etdi: - Bu shaharda
hamma shoshadi, xatto poezdlar ham. - Sizchi? - Menmi?
Shoshib qayerga ham borardim.
Taqdirimda nima yozilgan bölsa
shu. Kechirasiz, siz taqdirga
ishonasizmi? - Yöq. - Bekor
qilasiz. Qiz kassaga borib keyingi poezd qachon bölishini söradi. 8
soatdan keyin degan javobni
eshitgach, juda xafa böldi.
Yigitni esa ushbu javob mutlaqo
xursand qilib yuborgandi. Chunki
bu gözal qiz tobora uni maftun qilib borardi.
- Afsus,- dedi qiz.
Yigit bölsa, kassadagi qizga
minnatdorchilik bildirdi:
- Rahmat sizga, iloji bölsa yana
qöshimcha 8 soat ushlab turinglar ösha poyezdni.
Qiz yigitni kuzatib turarkan,
uning özini tutishidan hayron
qolardi.
Qiz odamlar gavjum bölgan
kutish zalidagi örindiqlardan biriga borib ötirdi. Biroz ötgach
yigit ham uning yoniga kelib
ötirdi.
- Mening ismim ... , bu shaharda
mehmonman. Sizchi?
- Men ham mehmonman,- javob berdi qiz.
- Ismingizni aytmaysizmi?
- Zarurati yöq, ishonavering.
- Albatta... Ishonish yarim
g'alaba
degani. Qiz qöng'iroq qilish uchun
chetroqqa chiqdi. Qayergadir
qöng'iroq qildi. Yigit uni diqqat
bilan kuzatardi...
Qiz qaytib kelgach yigit undan
söradi: - Uzr, ruchka topiladimi?
Qiz sumkasidan ruchka olib
yigitga uzatdi. Yigit
dabdurustdan
ruchka bilan qöliga nimanidir
yozdi-yu qizga ruchkasini qaytarib berdi. Bir oz ötgach qiz
örnidan qözg'aldi. Yigit:
- Sizni uyda kutishyapti,
shunaqami?
- Ha.
- Avtobusda 6 soatlik yöl. Umuman olganda keyingi
poyezdni kutishning foydasi ham
yöq. Maylimi, sizga hamrohlik
qilsam? Faqat yöq demang.
- Nega endi yöq demasligim
kerak? - Chunki, meni taqdirimga siz
bilan bitta avtobusda birga
ketish
yozilgan bölishi kerak.
- Aytdimku, men taqdirga
ishon... Qiz oxirigacha gapirolmadi.
Aniqrog'i yigit kaftlariga haliroq
qizning ruchkasi bilan yozgan
yozuvni unga körsatgach
hayratdan gapirishdan ham
töxtab qoldi. Yigitning qöliga bejirimgina harflarda qizning
ismi yozilgandi. Qiz örnidan
qözg'alib, allaqachon chiqish
eshigi tomon yönalgan yigitdan
söradi:
- Qayerdan topdingiz? Yigit qizga ögirilib qaradi, qölini
avval köksiga, keyin
peshonasiga
olib bordi-yu kulib javob berdi:
- Buni taqdir deydilar...
* * * Qiz va yigit shaharlararo
qatnovchi avtobusga chiqishdi.
Biroz jim ötirishgach yigit
kamzulining kissasidan judayam
ixcham, lekin öta chiroyli kichik
gul g'uncha olib qizga tutdi: - Tug'ilgan kuniz bilan!
Qiz közlarini katta-katta ochib
yigitga qarardi. Haqiqatda bugun
uning tug'ilgan kuni, shu sabab
uyiga shoshilayotgandi. Yonida
ötirgan öta qobiliyatli quvnoq "folbin" esa uni hayron
qoldirishda davom etmoqda edi.
- Q...Qayerdan bildiz?
- Buni jon deb aytardim-u
zaruriyati yo'q, ishonavering, -
kuldi yigit. - Jiddiy so'radim.
- Bu muhim emas, muhimi sizni
birinchi bölib men tabrikladim.
- Haya, rahmat,- qiz jilmaydi.
Biroz surbetroq, lekin bu öziga
juda yarashadigan kelishgan yigit qizni tabassum qilishga
majburlay olardi.
Avtobus yölga chiqdi. Yigit
qizga qiziq narsalar haqida
gapirib berar, u oddiy narsalar
haqida ham shunday kulguli va jumboqli gapirardiki, qiz miriqib
kulardi, teran öyga tolardi. Bir
soatcha yurishgach qiz yigitdan
söradi:
- Endi ismimni qanday qilib
topganizi ayta qoling. Yigit biroz jim qoldi, keyin qizga
qaramasdan söz boshladi
- Dunyoda shunday toifali
insonlar borki, öz fikrini siz-u
menga shunchaki
bildirolmaydilar. Eshitishadiyu zabonlari yöq, yoki aksincha
eshitmaydilar. Men shunday
kishilarga öz fikrlarini ifodalay
olish san'atini örgataman.
Kasbim shunaqa. Qöl harakatlari
orqali, lablarning qimirlashi orqali ularning nima haqda
gapirayotganlarini tushuna
olaman. Endi siz haqizda,
menimcha vokzalda oyijonizga
qöng'iroq qilgandiz...
Qiz vokzaldagi oyisi bilan telefon suhbatini yodga oldi:
- Allo, Assalom-u alaykum
oyijon, bu men ...man.
- Voalaykum, poyezdga
chiqdingmi? Qachon yetib
kelasan? - Oyi, poyezddan qolib ketdim.
Mehmonxonada tölovlar böyicha
muammo böldi. Kelsam, poyezd
ketib bölibdi. Endi avtobusda
bora qolaman. Shuning uchun
3-4 soat kechikaman, xavotir olmang.
- Vaqtliroq harakatingni qilsang
bölmaydimi? Bu yoqda hamma
seni kutib ötiribmiz. Bugungi
kunni unutdingmi?
- Bilaman, oyijon. Bugun tug'ilgan kunim. Unutib
bölarkanmi, kechiring, shunaqa
bölib qoldi. Böldi, mana yölga
chiqyapman.
- Xöp qizim, yölda ehtiyot
bölgin. - Xöp oyijon, xavotir olmang...
Qiz uni telefonda
suhbatlashayotgan chog'ida
kuzatib ötirganini yodga oldiyu
hammasini fahmladi. Barchasi
ravshan bölgach qiz kuldi: - Demak siz joyizda ötirgan
holda uzoqdagilarning ham nima
haqda gapirayotganligini bila
olasiz, shunaqami?
- Agar lablari harakati körinarli
bölsa, ha. - Unda anavi orqa örindiqda
ketayotgan oq sochli odam
yonidagi ayolga nima haqda
gapiryapti?
Yigit orqaroqda ötirgan ösha
kishi tarafga bir muddat qarab turdi. Keyin qizga uning nima
haqda gapirayotganligini
tushuntirdi:
- U qizi haqida gapiryapti.
Yonidagi turmush örtog'i,
qizlarini körishga ketayotgan bölishsa kerak.
- Qizlarini?
- Ha. Qizlari shifoxonada ekan.
- Hm... Anavi oldingi örindiq
yonida tik turib, hozir bizga
qarab jilmayayotgan qiz nima haqda gapiryapti?
Yigit ösha tarafga qarab kulib
yubordi. Qizning ma'noli
qarashiga sokin javob berishga
urindi:
- U siz haqizda gapirdi. Menimcha aytmaganim ma'qul.
- Men haqimdami? Ayting, nima
dedi u?
- Yaxshi, u anavi chiroyli qiz
erining qölidan mahkam ushlab
olibdi, xuddi qöyib yuborsa men olib qochib ketaman, dedi.
Qiz yarq etib öz holatiga diqqat
qildi. Chindan bu öyinning
qiziqligi gashtidan mashg'ulotga
berilib ketgan va yigitning öng
qölini siqib olgandi. Buni özi beixtiyor bajarganligi uchun
ahamiyat bermagandi. Qiz
darhol qölini tortib oldi. U
oynadan yöl chetida yastanib
yotgan dalalarni tomosha
qilishga tushdi. Uning yuzi yonardi. " G'alati... Uyatmi bu?
Erimish... Odamlarga ham
hayronsan, bilmasdan
gapiraverishadi",- öylardi qiz.
Jilmaygancha hayol surayotgan
qizning hayolini yigitning ovozi böldi:
- Hey...
- Hm?
- Avtobus yölda töxtarkan, ul-
bul tanavvul qilvolish kerak.
- Hm. - Yana "hm" mi?
- Hm...
Yengil kulgu, haliroq yuzaga
kelgan öng'aysizlikni
hayollardan bir chetga surib
tashladi. Avtobus yöl chetida biroz
turgach, yana yölga chiqdi. Qiz
judayam charchagandi. Yigitning
qaysidir mavzudagi sokin sözlari
ta'sirida közi ilindi...
- Allo,- qizni uyg'otdi yigit,- uyg'oning malika, shahrizga
yetib keldik.
Qiz avtobus oynasidan tashqariga
qaradi. Darhaqiqat yetib
kelishibdi. Yana bir oz yurishsa
bas. - Mana bu sizga,- yigit qizga
tumor tutdi shu payt,- tug'ilgan
kuniz bilan!
- Rahmat, hojati yöq,
shundog'am yetarlicha syurpriz
kun böldi bugun. - Sovg'ani qaytarishmaydi.
Tög'ri, bu tumor u qadar
qimmatbaho emas, ammo men
uchun qadrli. Bu sizga ham
omad keltiradi.
Qiz sezdiki, sovg'ani olmasa yigit xafa böladi.
- Rahmat,- dedi qiz bejirim
tumorni qöliga olarkan,- chindan
omad keltiradimi?
- Albattada.
- Unaqada, poyezdga nega kech qoldiz?
Qizning jilmayib söragan
savolidan söng yigit uning
közlariga qaradi va kulib javob
berdi:
- Poyezddan qolib ketganimni kim omadsizlik dedi...
Qizning yuragi jizillab ketdi shu
onda...
Avtobus töxtadi. Yigit va qiz
avtobusdan tushishdi.
Xayrlashish kerak edi-yu, lekin negadir bunday qilishda ularda
xohish topilmasdi. Nihoyat, qiz
jimlikni böldi:
- Mayli, hammasi uchun rahmat
sizga, omon böling.
- Siz ham. - Xayr...
- Nega endi xayr? Balki yana
uchrashib qolarmiz?
Qiz jilmaydi:
- Qaydam...
- Men esa ishonaman,- yigit qölini avval yuragi ustiga, keyin
peshonasiga olib bordi,- axir
buni taqdir deydilar...
Qiz yigitga sönggi bor
jilmaydiyu burilib ketdi.
Ketardi-yu yuragi dukullardi. Hayolida faqat bir söz aylanardi:
buni taqdir deydilar... Birinchi
bor uchrashdilar-u birinchi bor
ayrilmoqda edilar... Qiz ancha
yurib ortiga ögirilib qaradi.
Ancha narida biroz surbetroq, lekin bu öziga yarashadigan
kelishgan yigit xuddi u kabi
ögirilib unga qarab turardi ...
Yigit shu kun bir kichik
e'tiborsizlikka yöl qöygandi. Bu
e'tiborsizligi ehtimol bir vaqtning özida uning ulkan
xatosi ham edi. U qizdan telefon
raqamini, hech
bölmasa, ish joyi yoki manzilini
sörashni unutgandi. Buning
uchun qanchalar afsus chekmasin, endi befoyda edi.
Ösha sohibjamol qizning gözal
chehrasi har daqiqada köz
öngida paydo bölaverardi.
Avtobusda qiz uning yelkasiga
boshini qöyib uxlab qolganidagi hayajonli holatini öylab qolardi.
Bir kun... Ikki kun... Uch kun...
Yöq,
ortiq bu taxlit yashab bölmaydi.
Uni topish kerak. Sevib
qolganini aytish kerak. Lekin qanday
qilib? Faqat ismini-yu tug'ilgan
kunini bilsa? Keyin dizayner
ekanligi
ma'lum. Endi faqat qidirish
kerak. Axir buni sevgi deydilar. Sevgi - bu taqdir...
* * *
Oradan 5 oy ötdi...
Xiyobonda, gavjum odamlar
orasida telefonda kim bilandir
suhbatlashib ketayotgan yigit kimgadir urilib ketdiyu telefoni
qölidan tushib ketdi va chil-chil
böldi. Yigit telefon bölaklarini
yerdan oldi-yu jahl bilan ösha
insonga qaradi:
- Közizga qara.s... Siz?! Yigitning qarshisida 5 oydan
beri qidirib topolmaydigan,
ösha,
uning oromini ög'irlab ketgan
uzun sochli qiz turardi. Yigit uni
ösha xayrlashishgan kundan boshlab qidira-qidira hech
topolmasdi. Internetdan,
modalar
uyidan, shaharning deyarli har
bir hududidan uni qidirgandi.
Lekin qiz haqida biron ma'lumot topilmasdi. Chunki qiz öqirdi,
dizaynerlik esa uning sevimli
mashg'uloti edi xalos. Vaqt
ötgan sari yigit taqdiriga tan
bera
boshlagandi. Haya, taqdir... Mana u qizni yana yigitga
uchrashtirmoqda edi.
- Yaxshimisiz,- qizning yoqimli
ovozi hayolini böldi.
- Endi, ha!
- Telefoniz singani uchunmi? - Yöq... Uni siz sindirganiz
uchun.
"Hecham özgarmabdi". Shu fikr
har ikkisining hayolida paydo
böldi.
- Uzr sörayman, behosdan... Tög'risi, shoshib
ketayotgandim...
- Ha, bu shaharda ham hamma
shoshadi.
- Xatto poyezdlar ham...
Yana ösha vaqtlardagidek kulgu yangradi...
- Taqdirni qarang, sizni 5 oy
qidirib topolmagandim, uni özi
bizni 5 soniya ichida uchratdi.
Aytgancha, hali ham taqdiqga
ishonmaysizmi,- yigit bir oz vaqtdan keyin, ular chetroqdagi
örindiqqa ötirishgach qizdan
söradi.
- Yöq,- jilmaydi qiz.
- Unaqada nima sabab aynan siz
bilan bu taxlit uchrashib qoldik? - Bu tasodif...
Yigit qizning shu 5 oy ichida uni
unutib yubormaganligini sezdi.
Har holda, uchrashganlarida, qiz
aytgan "poyezdlar ham
shoshadi" iborasi uni nimadandir umidvor qilardi. Shu kun yigit
qiz bilan
uzoq suhbatlashmadi. Lekin u
qizning telefon raqamini oldi.
Shu kun yigitning yuzida ulkan
quvonch shukuhi porlardi. Har holda u qizning nima haqdadir
chuqur öyga tolib qolayotganini
payqamasdi. U mast edi.
Baxtdan mast edi...
Qiz poyezdga kech qolgan kun
avtobusdan tushib, u bilan xayrlashdiyu uyiga shoshdi.
Bugun u juda xursand edi.
Tug'ilgan kuni juda ajoyib
ötardi. Oilasi davrasida haqiqiy
bayram qilib nishonlashdi.
Tug'ilgan kun torti, sovg'alar... Mehmonlarni kuzatib,
charchagan köyi örniga yotarkan
qiz bugungi sovg'alar ichida eng
ajoyibini qöliga oldi. Bu
yurakcha shaklidagi bejirim
tumor edi. Unga qarab biroz surbetroq, lekin bu öziga juda
yarashadigan, kelishgan yigitni
öyladi. Lablariga mayin
tabassum yugurdi. Tumorni
yostig'ining ostiga qöyib qöydi-
yu közlarini uyquga yumdi. Ertasiga darsda ötiribdi-yu
hayoli özida emas. Poyezd,
avtobus... "Nimalar böldi
menga? Bir kunda u haqda
shuncha öylayapmanmi? Yöq,
men sevib qolmadim. Bu sevgi emas..." Lekin qiz nohaq edi. U
yigitni sevib qolgandi. Har tunda
yostig'i ostidagi tumorni qöliga
olib, shirin hayollar qilardi. Bu
hayollar esa tobora uni yigitga
qattiqroq bog'lab borardi. Ösha lahzalarda qiz yigit uni
qidirayotganini sezardi, lekin
hech narsa qilib bölmasdi.
Kutish kerak. Faqat shu yöl bor
edi...
5 oydan söng... Qiz kunlar ötib, yigitning
kelmasligiga ishonch hosil qildi.
Qayerdan ham kelardi. Balki
butunlay unutib ham
yuborgandir. Ayni shu vaqtlarda
qizning oilasida uni uzatish haqidagi mavzu kun tartibida
turardi. Qiz borgan sari bu
talablarga rad javobini berishga
qiynalardi. Oxiri hammasini ota-
onasining ixtiyoriga tashlab
qöydi. Ösha kunning özidayoq qizning uyidan sovchilar rozilik
javobi bilan chiqib ketishdi...
Ular ketishdi-yu qizni titroq
bosdi. Xonasiga kirdi. Tumorni
qöliga olib yig'lab yubordi.
Negaligini özi anglamasdi. Faqat yig'lagisi kelardi. Chunki u endi
kelmaydi... Sovchilar bolalikdagi
döstidan edi. Juda yaxshi yigit,
lekin... Nimayam qilardi?
Taqdiri shunaqa ekan. Haya,
taqdir... U yana kimnidir eslatib yubordi. Ösha kuni qiz töyib
yig'ladi. Bor hasrati köz
yoshlarga qöshilib yuragidan
chiqib ketdi.
Bugun qiz unashtirildi. Lekin
yuragi hijil. Hamma baxt tilayapti. Qaydam? Töyni
kuyovning ishlari tufayli 40
kundan keyinga belgilashdi. Qiz
özini chalg'itishga urinardi.
Xonasiga kirib har doimgidek
qadrdon tumorni qöliga oldi. Unga bir oz tikilib turgach yana
joyiga qaytarib qöydi. "Yöq,
bugun uni qölimda olib
yuraman. Birinchi va sönggi
bor...",- qaror qildi qiz.
Xiyobonda tumorni mahkam siqib shoshib ketardi. Keyin...
Keyin urilib ketdi. Telefoni
qölidan tushib sinib ketgan
yigitga qaradi-yu qiz qölidagi
tumorni qattiqroq siqdi...
Telefon orqali suhbatlar... Uchrashuvlar... Hammasi chiroyli
edi. Qiz ham hammasini taqdir
izmiga tashlab qöydi. Chunki
uning sevgisi shu qadar kuchli
ediki, undan shunchaki köz
yumib ketolmasdi. Har uchrashganlarida yana va yana
qattiqroq bog'lanib borardi.
Faqat yigit har
uchrashganlaridan söng
qanchalik baxtli kunlarning
yaqinligi haqida öylardi, qiz esa yaqin kelayotgan iztirobli
voqealarni his qilardi. Shuning
uchun qiz hech kimga
bildirmasdan köp yig'lardi...
Oradan 20 kun ötib yigit qizga
sevgi izhor qildi. Qiz esa eshitib turib yig'lab yubordi. Yöq, qiz
ortiq faqat özini öylay olmasdi.
Hammasini töxtatish, ehtimol
tugatish kerak edi. Uni quchib,
yig'lama gulim deb
shivirlayotgan yigitga e'tibor ham bermasdan yig'lardi qiz...
Ösha kun qiz hammasini oyisiga
aytdi. Oyisi esa dadasiga. Ota
chuqur öyga toldiyu qizini bir-
necha kun yig'lashga majbur
qilgan qarorni chiqardi: - Töy böladi!
Töy böladi... Yigirma kundan
söng...
Ertasiga yigit bilan uchrashgach
qiz hammasini unga
aytmoqchiydi. Lekin, yana ayta olmadi. Yigit ham qanaqadir
mahzun kayfiyatda edi. U qizni
uzoq bag'riga bosib turdi:
- Yig'lama, azizam senga kulish
yarashadi...
"Nega yig'layapsan" deb söramadi ham...
Ösha kun qiz yigitni sönggi bor
körib turgandi. Ertasi kun qiz bu
safar yigitga hammasini aytish
uchun uchrashuv joyiga keldi.
Lekin yigit kelmadi. Telefoni öchirilgan. Ikkinchi, uchinchi
kun ham. 4-kun yigitdan sms
keldi: "Meni kechir... Menga
xorijdan yaxshi ish taklif qilishdi.
Bilasanmi, mening kelajak
rejalarim ulkan. Bu rejada sen ham bor eding, ammo endi
hammasi birdaniga özgarib
ketdi. Afsusdaman. Baxtli böl..."
Qiz öqib közlariga ishonmadi.
Qayta-qayta öqidi. "Siz bunday
qilolmaysiz.." yig'lardi u. Lekin hammasi ravshan edi. Qiz u
bilan ötkazgan shirin 3 haftalik
baxtli kunlarini bir-bir xotirladi.
Sevaman degandi, endi tashlab
ketdi. Alam bilan unga javob
yozdi: - Sizga aytolmagan bir gapim
bor: Meni turmushga
berishyapti... Balki, kelajagizni
öylab, tög'ri qilgandirsiz.
Ketavering... Umuman qaytib
kelmang... Sizi körishni istamayman.
Yodizdami, menga yurakchali
tumor sovg'a qilgandiz, omad
keltiradi deb? Menga soxta
yurak hadya qildiz-u haqiqiy
yuragimni olib ketdiz öziz bilan. Sizga baribir rahmat. Menga
nimalarnidir örgatdiz. Masalan,
taqdirga ishona boshladim. Lekin
taqdirlarimiz ayro ekan. Yana
bir gapni sizga aytolmaganman:
Sizi sevaman! Hm... Yomon bölsaizam, bildiz...
Nafratlanaman ham...
Sms yubordi-yu telefonini suvga
otdi. Örindiqda ötirib ezilib
yig'ladi. Hammasi tugadi...
Qizning töyi kuni ham keldi. Qiz xonasida közguga qarab ötirardi.
Quloqlari ostida esa yigitning
unga aytgan hamma gaplari bir-
bir jaranglardi:
"Poyezdga kech qolganimni kim
omadsizlik dedi?" "Kul azizam, kulish senga
yarashadi..."
"Buni taqdir deydilar..."
Uning yuzlariga yosh dumaladi.
Shu daqiqada uning ortida otasi
qölida qog'oz bilan ma'yus turardi. Otasi uning
peshonasidan öpdi:
- Meni kechir qizim...
* * *
20 kun avval...
Qizning otasi qizining boshqa yigitni sevib qolganini eshitgach,
chuqur öyga toldi. Fotiha
bölgan, hamma rozi. Qudalar
ham yaxshi odamlar. Nega
qanaqadir ön kun ichida qizining
bu taxlit özgarib qolganini tushunolmasdi. Buni ötkinchi
hoy-u xavas deb qabul qildi va
qizini bir necha kun yig'lashga
majbur qilgan qarorni chiqardi:
- Töy böladi!
Ota ösha yigitni qidirib topdi. Istarasi issiqqina ekan. Lekin
endi kech. U bilan ochiqchasiga
gaplashib oldi:
- Qizim unashtirilgan, 20
kundan söng töyi böladi, shuni
bilasanmi? Yigit jim bölib qoldi. Qizning
nima sababdan sevgi izhor
qilganda yig'laganini tushungan
edi.
- Hammasiga endi juda kech...
Iltimos qilaman sendan, qizimni chin yurakdan sevsang uni tinch
qöy, chunki men ikki dunyoda
ham töyni töxtatmayman.
Qizimni hurmatini saqla, el-yurt
oldida isnodga qöyma.
Yigit hech narsa deyolmasdi. Qizning otasi uzoq gapirib sözini
yakunladi:
- Shunday qilki, u sendan
nafratlansin. Meni kechir...
Shunday qilsang, hammamizga
yaxshi böladi... Shunday dedi-yu ketdi. Yigit
bölsa joyida turib qoldi...
Hozir qizning otasi undan qiz
uchun jonini söraganida hech
ikkilanmay bergan bölardi.
Lekin ayrim narsalarning qadri jondan ziyoda bölarkan. Nima
qilish kerak? Yigit uchun shu
kun juda og'ir böldi.
Ertasiga qiz bilan uchrashdi. Qiz
yana yig'lardi. Yigit undan "nega
yig'layapsan" deb söramadi ham. Uni bag'riga bosdi. Ichidan
otilib chiqayotgan alami bög'ziga
tiqilib qizga shivirladi: "Kul
azizam, hech qachon yig'lama..."
Yigit shu lahzada qaror qabul
qildi: Taqdirga tan berish kerak... Qiz bilan boshqa
körishmaslik kerak...
Ertasiga yana uchrashuv joyiga
otlandi. Yöq, körishmaydi.
Uzoqdan kuzatsa bas. U özini
kutayotgan qizni uzoqdan kuzatdi. Keyingi kun, undan
keyin ham... Shu kun yigitga
xorijdan ish taklif qilishdi. Yigit
ketishga qaror qildi. Hammasini
unutish uchun... Ertasi kun u
qizga sms yubordi. Uning öqib yig'laganini uzoqdan kördi-yu
qölini yuragi ustiga olib bordi va
pichirladi: "Kechir jonim,
mendan nafratlanishing kerak..."
Kunlar ötaverdi. Yigitning
samalyoti uchishidan bir kun oldin u qizni sönggi bor körish
ilinjida uning uyi yaqiniga bordi.
Kördi ham. G'amgin gözal qiz...
Yigit qizning otasi bilan
gaplashib olishi kerak edi.
- Men ertaga tongda Parijga uchib ketaman,- yigit qizning
otasi yonida söz boshladi,- mana
bu xatni unga berib qöying,
iltimos. Sizning iltimosingizni
bajardim. Siz ham bajarasiz deb
öylayman... Xayr! Yigit ketdi. "Endi seni
körmayman. Kechir meni
azizam... Baxtli böl!" Uning
közidan sizayotgan yoshlarni
hech kim körmasligi uchun
közoynak taqib oldi. Ota maktubni öqib yuragi tölib
ketdi. Qizini shu darajada
sevarkan, bir og'iz sözini ikki
ham qilmadi. Kuyov qilsa
arzirdi. Lekin, kechikdi...
Tongga qadar hayollar iskanjasida qoldi. Tongda
maktubni olib qizining xonasiga
kirdi. Qizi judayam gözal. Lekin,
uning közlarida yosh bor edi.
Ota ortiq bardosh qilolmadi.
Qizini bag'riga bosib, peshonasidan öpdi:
- Meni kechir qizim...
* * *
Ota qiziga xatni berib, yigit
haqida hammasini aytib berdi.
Qiz maktubni ochib öqishga tushdi:
"" Bugun mendan
nafratlanayotgan bölsang kerak.
Ishonaver buning hecham
ahamiyati yöq menga. Chunki
bugun men seni yana hammadan birinchi tabriklayapman. Qanday
omadim bora? Sen jinnisan,
negaligini bilasanmi? Töying
haqida aytmading menga. Lekin
meni kimligimni unutib qöyding.
Men quvnoq "folbin"manku. Baribir bilvoldim. Xuddi
tug'ilgan kuningdagidek...
Yodingdami, taqdirga
ishonmayman derding. Men esa
qölimni avval yuragim ustiga,
keyin peshonamga qöyib buni taqdir deydilar derdim. Buning
ma'nosini bilasanmi? Bu
yurakdagi sevgi uchun taqdirga
minnatdorlik.. Ha, men
taqdirimdan minnatdorman.
Ösha poyezdga kechiktirgani uchun... Seni menga uchratgani
uchun...
Keyingi 5 oyda aqldan
ozayozdim. Seni qidirib.
Topganimda esa endi kech
bölgan ekan... Meni kechir... Sen baxtli
bölishing kerak. Menga
öxshagan surbet bilan taqdiring
qöshilmagan ekan. Men senga
hozir söz beraman. Meni endi
hech qachon körmaysan, men esa seni hech qachon
unutmayman. Chunki sen bunga
loyiqsan. Sen ham menga va'da
berishingni xohlayman. Baxtli
bölaman deb söz ber. Sizni
unutaman deb söz ber. Chunki men unutilishga loyiqman. Seni
tashlab ketayotganim uchun
ham...
Senga bir gapni köp aytishga
ulgurmadim. Bugun sönggi bor
aytaman: Men seni sevaman! Sen baxtli bölishing kerak.
Töying muborak bölsin...""
Qiz yig'lab-yig'lab xatni öqib
tugatdi.
Otasi qizini yupatdi:
- U bugun Parijga uchib ketmoqchi. Bor qizim uni
töxtat...
Qiz yig'lashdan töxtab, otasiga
qaradi.
- Köchada taksi kutib turibdi.
Ulgurishing kerak. Qolganini menga qöyib ber,- otasi qölini
avval yuragi ustiga keyin
peshonasiga olib bordida kuldi,-
axir buni taqdir deydilar...
Qiz otasini quchoqladi:
- Rahmat, dadajon... Keyin chopdi. U ketib qolmasligi
kerak. Ketishga haqqi yöq.
Qölidagi bejirim tumorni
mahkam siqib taksiga ötirdi.
Taksi aeroport tomon yöl oldi.
Qiz esa hamon köz yoshlarini töxtata olmas va shivirlardi:
- Iltimos, ketib qolmang, bir
martagina mening ham
iltimosimni bajaring...
Taksi aeroportga yetib kelgach
qiz shoshib ichkariga kirdi. Hamma yoqda odam. Qayerga
borishini bilmasdi. Aeroport
ichida esa operatorlarning
yölovchilarga turli murojaatlari
eshitilardi. Qiz nihoyat shoshilib
nazorat punktiga keldi. Qöriqchilarning hay-haylashiga
qaramay ichkarida ötirgan
qizdan shoshib söradi:
- Opajon, Parijga samalyot
uchmadimi hali?
- 347-reys bilan Toshkent-Parij yönalishida samalyot yarim soat
oldin uchib ketdi.
- ...,- qiz özini yöqotib qöydi,-
ketdimi?
U yigitning kulib turgan holatini
köz oldiga keltirdi. Lekin u chindan kechikkandi. Samalyot
allaqachon uchib ketgandi. Qiz
odamlar gavjum bölgan kutish
zalidagi örindiqlardan biriga
borib ötirdi. "U ketib qoldi. Endi
uni hech qachon körolmayman..."
- Iltimos, tumorimni qaytib
ber,- yigitning ovozi eshitildi
shu payt,- usiz samalyotga ham
kech qoldim.
Qiz yigitga qaradi. Qölida bilet, chamadon... Unga kulib qarab
turardi. Qiz uning quchog'iga
otildi.
- Nega ketib qoldiz,- yig'lardi u.
- Ketib qoldi deb kim aytdi?
Yuragimni tashlab qayerga ham ketardim,- uning sochlarini siladi
yigit.
- Siz yomonsiz...
- Hm.
- Surbetsiz...
- Hm. - Yana "hm"mi?
- Hm.
Ular kulib yuborishdi.
Aeroportda esa hamma ularga
qarardi. Qarayverishsin. AXIR
BUNI TAQDIR DEYDILAR....


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев