Предыдущая публикация
Onamning gunohin kechir ALLOHIM!
Xizmati oldida egikdir boshim
Onamning gunohin kechir ALLOHIM!
Men uchun mashaqqat chekdi nechalar
Uxlamay chiqdi u uzun kechalar
Xohlasang ming minglab gunoh kechilar
Onamning gunohin kechir ALLOHIM!
Gunohlar qilgandir bilmay yo bilib
Men uzr so'rayman ming bor egilib
Savoblar yo'llayman tilovat qilib
Onamning gunohin kechir ALLOHIM!
Bo'ysunar hukmingga osmonu-yer
Jannat ham onalar poyidaman der
Ilohim onamga jannatdan joy ber
Onamning gunohin kechir ALLOHIM!


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев