
Har kuni ertalab qimmatbaxo mashinangizda ishxonamga olib borib qo'yasiz. Hammani menga havasi keladi. Lekin hech kim bilmaydi, yo'l bo'yi men bilan emas, qanaqadir hujjatlar to'g'risida telefonda gaplashib ketishingizni. Kechki payt ishxonamdan olgani borasiz, qaddi qomatingizga yarashib turgan brend kiyimlaringizga qarab őzimni ham ko'zim tegadi deb qo'rqaman. Shinam kafeda ovqatlanamiz. Deyarli gaplashmay. "Mana buni notebookga ko'chirib ber". Ovqatni yeyish mobaynida men siz aytgan ishni qilaman, siz ham o'z ishlaringizni. Keyin uyimga oborib qőyasiz. Yo'lda esa tilla bilakuzukni qőlimga taqib qőyasiz. Minnatdorchilik uchun og'iz juftlasam, barmog'ingizni labimga bosib, "Sen bundan ortig'iga arzisan, kechir har doim ham hohlaganingni olib berolmayman, bilasanku ishimni vaqtim kam...". Ko'zlaringizga termulaman. Ular beg'araz boqadi. Yosh bolanikidek beg'ubor boqadi ular. Lekin ma'nosiz. Ulardan muhabbatni őqib bo'lmaydi. Nigohlaringiz sirli...
Tuni bilan sizni őylayman. Ko'zlaringizni sog'inaman. Tezroq tong otsaydi deb daqiqalarni sanayman.
Tong. Musaffolik. Kőchamda qop qora mashinangiz, va Siz.
Olib bergan bilakuzugingiz bilan uzingizga maqtangim keladi. Sizni kőrsin deb atay rolni ushlab ko'raman, oynani to'g'irlayman. Yo'q ko'rmaysiz. E'tibor ham bermisiz... Biznes rejalaringiz haqidagi fikrlarimi sőraysiz... Xolbuki bunday narsalarni tushunmasligimi yaxshi bilasiz.
Azizim... Mening tushunganim ishq, bilganim muhabbat. So'raganim qimmatbaxo buyumlar emas, e'tibor, mehr.
Mayli oddiygina telefon ishlatay, faqat siz tez tez qőng'iroq qiling. Mehrga yo'g'rilgan smslar yuboring. Mayli ishga piyoda boray, faqat siz meni yől bo'yi qőllarimdan tutib, muhabbatingiz bilan eltib qőying. Mayli oddiygina oshxonada ovqatlanaylik, faqat suxbatlashib, kunimni qanday o'tganligini so'rang, sog'inganingizni ayting. Qimmatbaxo bilakuzuk olib bermang. Őzingiz mening ko'zmuncho'gim bőling. Yomonlardan asraguvchi tumorim bo'ling. Azizim, meni seving... Shunchaki seving... Menga dunyolaringiz emas, őzingiz keraksiz...


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 5