Предыдущая публикация
Gar meni sog'insang yulduzlarga boq,
Termulib turibman senga olisdan.
Ko'zlarim turibdi ko'zinga mushtoq,
O'sha yulduzlarda yashayman,bilsang!
Gar meni sog'insang shamollarga ayt,
Oxista sochlaring, silar qo'llarim,
Yoningda bir lag'za bo'laman shu payt.
Shamolga aylanar vujudim tanim.
Gar meni sog'insang oydan so'roqla,
Uning shulasiga bergil ko'nglingni,
Azizim men aslo ketmam yiroqlab,
Nur bo'lib yoritgum o'ngu so'lingni..!


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4