
Meni emas o'zgani tanlab, Ketganinga gina qilmayman. Lek birgina savolim uchun, Javobingni talab qilaman. Seni yuragim so'ragan onda, Unga qanday javob beraman? Nima deyin? Taqdir ekan bo'lmadik birga, Uni boshqa kutmagin deymi? Yoki borib o'zga qabrga, U shu yerga ko'milgan deymi? Nega jimsan? Javobing yo'qmi? Sukunatni etibsan qaror, Meni aldash iloji yo'qmi? Bo'lding aybinga jimgina iqror. Qo'rqma senga davo qilmayman, Bu yolg'onchi o'yining uchun. Men albata baxtli bo'laman, Seni baxtsiz ko'rmoqlik uchun.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4
kkklllaaasss