
Bu hayotdan ham uni ortiq suyganni
O’z jonidan yorni ustun qo’yganni
Sevmaganlar telba derlar ularni
Ko’zlariga ko’rinmas yordan bo’lak Faqat yorni deb urar undagi yurak Ko’zlariga boqsang, bir ezgu tilak Sevmaganlar telba derlar ularni Yodida asraydi uning so’zini Qarshisida yerdan uzmas ko’zini Yonida butkul yo’qotsa o’zini Sevmaganlar telba derlar ularni Uning sevgisi yuragida pinhon Izhorin aytolmas, to’sar hayajon U Hudoning suygan bandasi, ishon Sevmaganlar telba derlar ularni O’rtalari bo’lsa-da ko’p yiroq Yuragini kemirsa-da o’tli firoq Ularning sevgisi so’nmaydi biroq Sevmaganlar telba derlar ularni Hayotni uning ko’zida ko’radi Meni sevasanmi,takror so’raydi Unga boqib sira to’ymaydi Sevmaganlar telba derlar ularni


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев